Ta'lim oluvchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari

Ta'lim oluvchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim oluvchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim oluvchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlari Reja: ta'limga yo'naltirilgan va loyihalashtirilgan professiograflantirish. Chet ellarda kasb-hunarga yo'naltirish ishlari. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. ta'limga yo'naltirilgan va loyihalashtirilgan professiograflantirish. Professiografiya - bu kasblarni o'rganish, tasvirlash va loyihalashtirish texnologiyasidir, bu yerda ishchining kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan psixofiziologik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar o'rganiladi. Psixologiyada E.A.Klimov tomonidan ishlab chiqilgan kasblar klassifikatsiyasi keng tarqalgan. Ish hajmiga muvofiq kasblarni besh turga bo'ladilar: Inson- tirik tabiat. Inson - texnika. Inson -inson Inson -belgilar tizimi Inson - badiiy obraz Kasblarning bu besh turi mehnat maqsadlari belgisi bo'yicha uch sinfga bo'linadi: 1. Gnostik kasblar O'zgartiruvchi kasblar Izlanuvchi kasblar Har bir sinf chegarasida asosiy mehnat qurollari xususiyati bo'yicha kasbning to'rt bo'limiga (doimiy emas) bo'linadi: Qo'l mehnati kasblari Mashina-qo'l mehnati kasblari Avtomatlashtirilgan va avtomatik uskunali va tizimlarning ishlatilishini talab qiluvchi kasblar Inson o'zining funksional vositalarini ishlatishini talab qiluvchi kasblar (xulqning, nutqning ifodali vositalari va h.k.zo) E.A.Klimov mehnat sharoitiga qarab kasblarni to'rt gruppaga bo'ladi: Mikroklimat sharoitida, kundalik hayotimizga yaqin, ―xona sharoitiga yaqin faoliyat Turli shart-sharoitda, ochiq havodagi faoliyat Osmonda, suv tegida, yer ostida, havo harorati baland yoki past darajalarda, g'alati shart- sharoitlardagi faoliyat Insonlarning sog'lig'iga, katta moddiy qiymatga, hayotiga javobgarlik sharoitidagi faoliyat ta'limga yo'naltiruvchi profseogramma qator bloklarni o'z ichiga oladi: 1-blok kasb va mutaxassislik, kodifikatsiyalar, kasbiy yo'nalishni, kasb vazifasini va kasbiy ta'lim darajasi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 2-blok kasb turi, kasbning yetakchi obyektlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 3-blok shaxs kasbining yetakchi tamoiylarini, kasb predmetiga o'ziga xos munosabati ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 4-blok ko'p tizimli ta'limdagidek professional muhit tavsifini o'z ichiga oladi. Bu yerda mehnat natijasining o'zaro aloqasi, boshlang'ich mehnat predmeti, ishlab chiqarish jarayoni va jarayoni hisobga olinadi. 5-blok shaxsning aqliy potensialini rivojlantirish, o'z-o'zini boshqarish va rivojlantirish imkoniyati, shaxsni bozor sharoitida ―muvaffaqiyat strategiyasi mobilligi va egiluvchanligiga yo'naltirilish. Ekologik, huquqli va iqtisodiy madaniyatining masalalarini o'z ichiga oladi. 6-blok ishchi kasbining belgilangan psixofiziologik xususiyatlarga talablarni; meditsinadagi qarshi ko'rsatmala, jinsiga, yoshiga talab, analizatorlar rivojlanishini darajasi, sanitarno-gigiyenik talablarni aks ettiradi. Talabga yo'naltiruvchi dastur, professional ta'limning mazmunini aniqlashda va yangi o'quv kasblar, mutaxassisliklarni loyihalashda, ta'lim beruvchi dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishlatilishi mumkin. Prospetlashtirilgan dastur mutaxassisning va professionalning kasbiy o'sish dinamikasini aks ettiradi. Uning vazifasi - mutaxassisning professional o'sishini loyihalashtirish; ishlatilish sohasi- personallar attestatsiyasi, profkonsultatsiya, bandlik xizmatiga yordam ko'rsatish. Prospetlashtirilgan dasturni uzuliksiz professional ta'limni loyihalashtirishda ishlatish, malakasini oshirish va qayta malaka oshirish mazmuni va texnologiyasini oshirish maqsadga muvofiqdir. Chet ellarda kasb-hunarga yo'naltirish ishlari. O'zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko'p bosqichli ta'lim tizimiga o'tmoqda. ta'lim texnologiyalari jahon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.71 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.71 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga