Ta'lim portalini yaratish texnologiyasi MAVZU Reja: 1. Ta'lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari 2. Texnologik jarayon yaratish 3. ta'lim portali texnologiyasi 4. Ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan maqsadi ta'lim portalini yaratish texnologiyasi bu qanday Biz bilamizki ta'lim sohasi ko'plab mukammal jarayonlardan iborat. Shulardan ta'lim portalini yaratish texnolgiyalari katta o'rin egallaydi. Texnologiya imkonyatlari cheksiz biz ulardan samarali foydalanishimiz kerakligini ifodalaydi.shu sababli ta'lim texnologiyasini yaratish uni imkonyatlaridan foydalanishimiz kerak «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ko'p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarning o'zi nima va u an'anaviy ta'limdan nimasi bilan farq qiladi? Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg'or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta'lim texnologiyasi» iboralari keng qo'llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo'q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud. Ta'lim texnologiyasining predmeti - ta'lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo'yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o'quvmaterialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta'lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasiniba holashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Bizda ta'lim nazariyasi va amaliyotida, o'quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50-yillardan boshlangan. Ular, an'anaviy o'qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o'z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «o'qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o'qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo'llash yo'li bilan hamda qo'llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta'lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir» Ta'lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta'lim texnologiyasi», «o'qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik. «Texnologiya» - yunoncha ikki so'zdan - «texnos» (techne)- mahorat, san'at va «logos» (logos) - fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to'liq tavsiflab berolmaydi. Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi: Yuqorida ta'kidlanganidek ta'lim texnologiyasi tushunchasi o'qitish va o'rganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. Tizim deb, tartiblangan, o'zaro uzviy bog'langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to'plamiga aytiladi. Misol uchun, avtomobil dvigateli bir nechta tizimlardan iborat bo'lib, har bir tizim bir nechta elementlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin Texnologik jarayon - ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig'indisi. Texnologik operatsiya - ishchi tomonidan o'zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko'rinishidagi jarayonning bir qismi. Texnologik xarita - ma'lum bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
192.98 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
192.98 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:04 ]
Arxiv ichida: ppt