ta'lim qonuniyatlari va prinsiplari Reja: 1. ta'lim jarayoni qonuniyatlari 2. ta'lim prinsiplari 1. ta'lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta'lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko'rib bo'lmaydi. Qonuniyatlar asosan empirik metodlar asosida paydo bo'ladi va ikkiga ajraladi. 1. Tashqi qonuniyatlar ta'lim jarayonida ta'limning ijtimoiy jarayonlar va sharoitlari bilan bog'liqligida xarakterlanadi. 2. Ichki qonuniyatlar ta'lim jarayonida uning tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, vosita, metod, shakllari) orasidagi aloqani hosil qiladi. Bunday qonuniyatlar pedagogikada juda ko'p. - pedagogikaning o'rgatuvchilik faoliyati ko'pincha tarbiyaviy xarakterga ega bo'ladi. Bu qonuniyat ta'lim va tarbiya orasidagi aloqada aks etadi; o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati va ta'lim natijalari orasida bog'liqdik mavjud; - o'rgatilayotgshan bilimlarga o'rganish istagining mosligi; - ta'lim beruvchi harakatlarining ta'lim oluvchilarning yakka va jamoaviy faoliyatiga mosligi; - ta'lim beruvchi harakatlarining ta'lim oluvchilarning bilish, intellektual va boshqa ehtiyojlariga mos bo'lishi; - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar faoliyatining ta'limning texnik vositalari imkoniyatlariga mosligi; o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining zamonaviy hayot shart-sharoitlari talablari asosida modellashtirish 2. ta'lim prinsiplari. ta'lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni ta'lim prinsiplari deyiladi. ta'limning asosiy prinsiplari tahliliga etibor qarataylik. 1. ta'limning ilmiy bo'lish prinsipi - o'quvchining o'quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o'zlashtirishi uchun to'g'ri shart - sharoit yaratish maqsadida zarur. 2. ta'limning tizimli va izchil bo'lish prinsipi bayon qilinayotgan o'quv materialini mustahkamlash va ilgari o'tilgan materiallarni to'ldirishga xizmat qilishini, o'quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim va hosil bo'lgan ko'nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o'z ichiga oladi. 3. ta'lim tarbiyaning birligi prinsipi ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qilish va o'qitishning xilma-xil metod va usullaridan foydalana olishga ko'p jihatdan bog'liqdir. 4. ta'limda nazariyaning amaliyot bilan bog'lab o'qitish prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o'quvchilar o'quv materialining tub mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy amaliyotlari uchun zarur bo'lgan mahorat, ko'nikma va malakalar hosil qiladilar. 5. ta'limda onglilik, faoliyat va mustaqillik prinsipi o'qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash usullarini ongli va faol egallab olishadi. 6. ta'limda ko'rsatmalilik qoidasi o'qitish jarayonini sifatini oshiradi, o'quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi 7. ta'limning o'quvchilarga mos bo'lish prinsipi deganda o'quv materiallarining mazmuni uning hajmi, xarakteri, u yoki bu guruh o'quvchilarining jismoniy rivojiga, umumiy tayyorgarligiga - saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo'lishi tushuniladi. 8. ta'limda bilim ko'nikma va malakalarni puxta va mustahkam o'zlashtirish prinsipi muhim didaktik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.14 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.14 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: doc