Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fiziologik asoslari Prinsip tushunchasi O'qitishning etakchi qoidalari Ilmiylik, tizimlilik va izchillik prinsipi Ta'limning amaliy hayot bilan bog'lanish prinsipi Ta'limda onglilik va faollik qoidasi Ko'rsatmalilik, tushunarlilik, mustahkamlilik prinsipi Ta'limni turmush bilan bog'lanish prinsipi Individual pedagogika prisipi Reja: PRINSIP TUSHUNCHASI Prinsip so'zining ma'nosi xulqning, xatti-harakatning aspsiy qoidasi, yetakchi g'oya demakdir. Ta'lim qonuniyatlari (prin-siplari) bu - o'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar yig'indisidir. Biz, hatto, turmushda ham bu odam prinsipli deymiz va bunda o'sha odamning o'ziga xos qoidalariga, o'zining prinsiplariga muvofiq ish ko'rishini nazarda tutamiz. Agar kishining xatti-harakatlarida qat'iy qoidalar bo'lmasa, uni prinsipi yo'q deb hisob-laymiz. XV. - XVI asrlardagi mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga faqat o'qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning' ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar. Forobiy Namunali ta'lim haqidagi risolasida o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan materialni eng yaxshi yo'sinda bayon qilish masalasiga alohida to'xtalib, bu ishning ikkita turini tavsiya etgan: ularning biri bevosita sezishga yaqin narsalami oldingi o'ringa qo'yishdan va ikkinchisi aqlga yaqin narsalarni olg'a surishdan iboratdir. U o'zining fikrini tushuntirib shunday yozgan: Aql o'z harakatini awal seziladigan narsalarga, keyin esa aqlga muvofiq yo'sinda, ya'ni xossalarni sintez qilishga yo'naltirishi ma'qul. Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning prinsiplariga, xusu-san, ko'rsatmali o'qitishga qiziqish bilan qaralgan. Ibn Sino inson dastlabki o'quv mashg'ulotlarida buyumning tashqi xossasini o'rgansa, o'sha buyumni va uning tasvirini ko'rib chiqsa, o'zi mustaqil holda bilimlarni o'zlashtira oladi, deb hisoblagan. Olim inson haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok etishi tufayli unda obyektiv voqelikni to'g'ri aks ettiradigan tasawur shakllanishini uqtirgan. Sharqshunos olim Kindiyning fikricha, insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng zarur omili uning aql kuchini rivoj-lantirishdir. Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo'yi Arastuning kitoblarini o'qisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini o'zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsa-da, faqat boshqalaming gaplarini takrorlab bera oladigan bo'ladi. U hech narsaning mohiyatini tushunmaydi va o'zlashtira olmaydi. Kindiy ana shu fikrlarini bayon qilar ekan, o'qitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini nazarda tutgan. Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umumlashtirib, xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'qitish prinsiplari yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o'qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir. Mana shu prinsiplar qayerdan kelib chiqqan? Ularni kim, qachon va qanday vaziyatlarda ifodalagan? Prinsiplarni ifodalashga olib kelgan asosiy manba, o'qitish amaliyoti, o'qituvchilaming keyinchalik anglangan, umumlashtirilgan va tarqalgan tajribasi hamda topilmalaridir. Biz ijtimoiy rivojlanishga ko'ra o'qitish prinsiplarining o'zga-rishini e'tirof etgan holda an'anaviy ta'riflarni saqlash, ularga faqat zamonaviy maktabning ahvolini aks ettirish zarurligi uchun boshqacha mazmun bahsh etish, xususan, yangi maktabga xosayrim qoidalarni kiritish tarafdorimiz. Masalan, Umumiy ta'lim maktabi konsepsiyasi hamda Sinfdan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
135.34 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
135.34 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: pptx