Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari Reja: Ta'lim jarayoni mohiyati Ta'limning umumiy va xususiy qonuniyatlari. Ta'limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari. 1.Ta'lim jarayoni mohiyati. Ta'lim berish g'oyatda murakkab va mas'uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta'lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta'minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilishi o'rtasidagi ta'limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir. Ta'lim maqsad, mazmun, o'qituvchining shaxsi, tinglovchilardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o'qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgiladani. Bunda o'qituvchi tinglovchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o'zining ko'rsatmalari, yo'naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o'quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko'ra ta'lim birinchidan, o'qitish, ikkinchidan, o'qitishni, ya'ni o'qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o'z ichiga oladi. Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o'rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta'limning alohida komponentlari, ya'ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o'rtasidagi ichki bog'lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o'qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta'minlaydi. Ta'lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta'minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma'lumotni olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ta'lim jarayoni ma'lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e'tiqodi xatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta'sir etadigan bilimlar, ko'nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayoni-yagona dinamik tizim sifatida. Ta'lim jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan tashkil etuvchilar (ko'rsatkichlar) ning o'zaro uzviy bog'liqligi asosida tuzilgan yagona dinamik tizimni tashkil etadi. Dinamik tizim deyilishiga sabab, ta'limni va ta'lim jarayonini tashkil etuvchilari jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda bo'lib, takomillashtirilib boriladi. Bunda tashkil etuvchilar quyidagilardir: maqsad; mazmun; shakl, usul; uslub; o'qituvchi shaxsi; tinglovchilardagi dastlabki bilim; o'qitishning moddiy-texnik bazasi va shu kabilar. Bu ta'lim jarayonlarini bir butunlikda, ya'ni yagona yaxlit dinamik tizim sifatida qarash lozimligini taqozo etadi va bunday qarash ta'lim jarayonini boshqarish va boshqarishning optimal variantini topishga ham imkoniyat yaratadi. Qayd etilgan ta'lim jarayonini tizim ko'rinishida quyidagicha ifodalash mumkin (1 - shakl). 1-shakl. Ta'lim jarayonini tashkil etuvchilari va ular dinamikasi. Shaklda ifodalangan ketma-ketlik o'qitish jarayonining algoritmini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. O'qitish algoritmini ishlab chiqish orqali olib boriladigan ta'lim jarayonining uzviyligini va uzluksizligini ta'minlovchi qat'iy ketma- ketlik yaratiladi, shuningdek, ta'lim didaktikasini joriy etishning aniq mexanizmlarini yaratish borasidagi ta'lim-tarbiyaviy va pedagogik tadqiqotlar sohalaridagi ishlar yanada rivoj topadi. O'qitish algoritmi intellektual asr ta'lim-tarbiyasida asosiy pedagogik terminlardan biri bo'ladi, chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalari shu kabi terminlar asosida ta'limda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
195.98 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
195.98 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: docx