Ta'lim samaradorligini ta'minlashda zamonaviy ma'ruzalarning o'rni

Ta'lim samaradorligini ta'minlashda zamonaviy ma'ruzalarning o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim samaradorligini ta'minlashda zamonaviy ma'ruzalarning o'rni - rasmi

Material tavsifi

О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI 5140200 - FIZIKA TA'LIM YO'NALISHI BITIRUVCHISI BOBOMURODOVA GULXAYO MUZAFFAR QIZININING BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN YOZGAN « Ta'lim samaradorligini ta'minlashda zamonaviy ma'ruzalarning o'rni » MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: dots. G. S. Uzoqova Himoyaga tavsiya etilsin: Fizika -matematika fakulteti dekani, prof. A.Q.Tashatov -- --2016 yil QARSHI -2016 MAVZU:« TA'LIM SAMARADORLIGINI TA'MINLASHDA ZAMONAVIY MA'RUZALARNING O'RNI» MUNDARIJA KIRISH …… 1-BOB. TA'LIM SAMARADORLIGINI TA'MINLASHDA ZAMONAVIY MA'RUZALARNING O'RNI 1.1-§. Zamonaviy ma'ruzalarning ta'lim tizimidagi o'rni……. 1.2-§. Ta'lim bosqichlarida ma'ruza turlari va tashkil etish texnologiyalari tahlili … 1.3-§ Rivojlantiruvchi ta'limda ma'ruzalarning o'rni.……. 2- BOB. FIZIKA TA'LIMIDA ZAMONAVIY MA'RUZALARNI TASHKIL ETISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI 2.1-§ Muammoli ma'ruzalarni tashkil etish usullari ……. 2.2-§ Zamonaviy ma'ruzalarni loyihalash bosqichlari …… XULOSA …… ADABIYOTLAR RО'YXATI …… KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tabiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida ta'kidlangan O'quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim berish sifatini tubdan yaxshilash dek o'ta muhim vazifalar ta'lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil qilish zarurligini ko'rsatadi. Ta'lim jarayoni sifati ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, ta'lim jarayoniga jalb qilingan professor-o'qituvchilar ilmiy salohiyati, ta'lim oluvchilar salohiyati, ta'lim berish jarayoni, o'qitishninг texnik vositalari, ta'lim texnologiyalari, ta'lim jarayonini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar bilan ta'minlanadi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim sohasiga keng kirib kelishi ta'lim xizmatlarining globallashuvi uchun ham katta yo'l ochmoqda. Rivojlangan davlatlar ta'lim sohasida bo'layotgan bunday ijobiy jihatlarni e'tiborga olgan holda ta'lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda keng foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda. Ta'limda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotgan bir vaqtda ta'limning tashkiliy shakllari qanday bo'lishi lozim? Zamonaviy ta'limda ma'ruzalar qanday o'rin tutadi? Oliy ta'lim tizimida ta'limning asosiy shakli - talaba bilan o'qituvchining turli variantlardagi o'zaro pedagogik muloqati tushuniladi. Ma'lumki, oliy o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining asosiy o'quv mashg'ulotlari ma'ruza, shuningdek seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, talabalarning mustaqil ishlari va turli amaliyotlardan tashkil topgan. Har qanday ta'lim jarayoni ta'lim maqsadi, mazmuni va boshqa elementlarni o'z ichiga olgan ta'lim modelini tashkil etadi. Ta'limning tashkiliy shakli ta'lim modelining mohiyatini ochib beradi. Ta'lim modeli va tashkiliy shakl o'rtasidagi bunday simmetrik bog'lanish professor-o'qituvchiga o'z faoliyatida ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil etishni talab etadi. Hozirgi zamonaviy ta'lim jarayonida ta'lim modeli va tashkiliy shakli o'rtasidagi bog'lanishni ko'rsatuvchi ko'plab misollarni keltirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.51 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 86.51 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga