Mavzu: Ta'lim samaradorligini ta'minlovchi darsning noananaviy shakllari Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta'lim standartlari (o'quv reja, dastur, darslik va qo'llanma) asosida belgilanadi. Dars o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim: 1 Har bir sinfda o'quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo'lishi lozim. 2. Dars qat'iy jadval bo'yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishi kerak 3. Dars o'qituvchi raqbharligida butun sinf bilan va alohida o'quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi. 4. Dars, o'quv fanining xarakteri, o'tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta'lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o'zlashtirmoq uchun zamin yaratadi. Dars - ta'limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo'lishi, bilimlar mustahkam o'zlashtirilishi, o'quvchi-talabaning shaxsiy xususiyatlari e'tiborga olingan holda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik talablarni qo'yadi. Kеlajakda O'zbеkiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yеtuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. Islom Karimov Prеzidеntimiz I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirish mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob bеradigan barkamol avlod bo'lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz»,1 - dеgan edi. Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi . Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardir. O'zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o'zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta'minlash rivojlanib bormoqda Ta'lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh-guruh qilib, to'plab o'qitishni taqozo qilgan hamda ta'lim bilan shugullanuvchi mutaxassislar, o'qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Barkamol avlodni tarbiyalash - Ta'lim to'g'risdagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dastirida Respublika ta'lim xodimlari zimmasiga o'ta ma'suliyatli vazifalar yuklangan. Ta'limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning Fan va akl zakovat asarida o'kuv fanlarini guruxlarga bo'lib o'kitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e'tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta'lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
68.37 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
68.37 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: pptx