ta'lim shakllari Reja: 1. ta'limning tashkiliy shakllari 2. Darsga qo'yiladigan talablar 3. Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishi 4. Sinf-dars shaklidagi mashg'ulotlarni tashkil etish 5. Seminar va amaliy-tajriba shaklidagi mashg'ulotlar ta'limning tashkiliy shakllari XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya. A. Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo'lib maktab ta'limida sinf - dars tizimini yaratdi. Ya. A. Komenskiyning ta'limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir kator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo'lsa xam g'arb mamlakatlariga juda tez tarkaldi va ta'limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb etirof etildi. Sinf - yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo'lgan malum miqdordagi o'quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o'qituvchining rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotiga aytiladi. Dars - o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars - o'quv ishlarining markaziy kismidir. Maktablarimiz bosib o'tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o'zgardi, rivojlandi. hozir maktablarimizda ko'llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: Xar kaysi sinf yoshi va bilimiga ko'ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo'ladi. Dars mashg'uloti asosan 45 minutga mo'ljallangan bo'lib, katiy jadval orqali olib boriladi. Dars bevosita o'qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. Dars o'tilayotgan materialning mazmuniga karab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir kismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda, maktablarimizda ta'limni tashkil kylish shakllari ikki turda olib borilmokda. Sinf- dars shaklida olib boriladigan mashg'ulotlar. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg'ulotlar. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg'ulot o'qituvchining kundalik o'quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatishni o'z ichiga oladi. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg'ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o'quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ekskursiyalar o'tkazish yo'li bilan olib boriladi. hozirgi zamon didaktikasi ko'p yillar davomida to'plangan o'qitish qoidalari, fan yutuklari va ilg'or tajribalar asosida boyib bormokda deyishga asos bor. Ammo o'quv jarayonining xamma qismlarini o'qitishni tashkil qilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib berilmagan. Bularning xammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni qiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o'quvchilarga beriladigan ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko'tarishni talab qiladi. o'qituvchi o'zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga ko'p mos keladigan o'quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yo'l ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: doc