Ta'lim sifatini boshqarish. Reja: Ta'lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta'sir etuvchi omillar. Ta'lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan о'tkazish. Oliy ta'limda monitoring tizimining mohiyati. Ta'lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta'sir etuvchi omillar. Oliy ta'lim sohasida sifat kо'p qirrali konsepsiya hisoblanadi. U ta'lim sohasidagi barcha funksiya va faoliyat turlari - о'quv va akademik dasturlar, ilmiy tadqiqot va stipendiyalar, mutaxassis xodimlar bilan tо'liq ta'minlanganlik, ta'lim oluvchilar, binolar, moddiy-texnika bazasi va jihozlarni, jamiyat va akademik muhim farovonligi yо'lidagi barcha ishlarni qamrab olishi kerak. Ta'lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash ta'lim sifatining asosiy yakuniy sifatidir, bu quyidagilarni о'z ichiga oladi: - insonlar: professor-о'qituvchilar tarkibi, ta'lim oluvchilar, о'quv-yordamchi faoliyat xodimlari, ma'muriy xodimlar va b.; - texnologiyalar: pedagogik, tarbiyaviy, informatsiyaviy, boshqaruv, nazorat qiluvchi va b.; - moddiy-texnikaviy ta'minot: binolar, jihozlar, laboratoriya va amaliyot bazasi va b.; - meyoriy-huquqiy va о'quv-metodik ta'minot; - rag'batlantirishlar va asoslar; - tashqi ta'sirlar: bozor iqtisodiyoti talablari, korxonalar, jamiyat va davlat. Ta'lim tizimining yuqorida keltirilgan tarkibiy unsurlari ustunlik qiluvchi omillar majmuini belgilaydi, bular ta'lim va xodimlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta'sir etadi. Asos (fundament) о'rta maxsus, kasbiy ta'lim muassasi bitiruvchilarni tayyorlash sifati bilan bog'liq omillarga aloqadordir hamda oliy ta'lim bilan vorisligiga bog'liq. Yomon poydevor ustiga yaxshi imorat qurib bо'lmaydi. О'ng devor professor-о'qituvchilar tarkibi bilan bog'liq omillarga aloqador: kasbiy malaka, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, ma'naviyat-ma'rifat va madaniyat, asoslash va rag'batlantirishlar, ta'lim oluvchilar bilan hamkorlik darajasi Ta'lim muassasi о'zida ishlayotgan о'qituvchilardan yaxshiroq bо'la olmaydi. Sо'l devorga Davlat ta'lim standarti (DTS)da belgilangan omillar - о'quv rejalari va fanlar dasturini, о'quv-metodik ta'minot, moddiy-texnikaviy ta'minot, malakaviy amaliyot va .lar ta'sir etadi. Yaxshi meyoriy-huquqiy asos - yaxshi tashkil etilgan о'quv -tarbiya jarayoni va uni boshqarishning asosi. Old devor ta'lim, fan va ishlab chiqarish uyg'unlashuvi bilan bog'liq omillarga aloqador: о'quv jarayonida malakali mutaxassislar, fan va texnikaning zamonaviy moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish, ularning muammolarini hal etishda ishtirok etishga. Ta'lim, fan, ishlab chiqarishning uyg'unlashuvi - raqobatbardosh iqtisodiyot garovi. Orqa devorga ta'lim muassasasi va uning bо'linmalarini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq omillar ta'sir etadi: boshqarish tizimi, boshqarish usuli va uslubi, rahbarning individual, jamoaviy-ruhiy sifatlari. Boshqaruv faoliyati о'z mazmuni va tavsifiga kо'ra mehnat jamoasi hayotida aqliy-tartibiy ahamiyat kasb etadi. Tomga bozor iqtisodiyoti raqobat muhiti va istiqbollari belgilaydigan omillar ta'sir etadi: korxona ehtiyoji va manfaatlari, mehnatni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, ijtimoiy muhofaza. Eshik - omillar uchun kirish, u bilan bog'liq: - о'qitilayotgan shaxslarning individual va jamoaviy-ruhiy sifatlarini shakllantirish; - о'quv-tarbiya jarayonini nazorat qilish. Ta'lim va xodimlarni kasbiy tayyorlash sifati muammolariga tizimli yondashish zarur. Omillar butun majmuini ular ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: doc