Ta'lim tamoyillari (prinsiplari) Reja: 1. Ta'lim tamoyillarining mohiyati. 2. Ta'lim tamoyillarining o'zaro bog'liqligi. 3. Ta'lim tamoyillari: a) ta'limning ilmiy bo'lishi, b) ta'limda nazariya bilan amaliyotni bog'liq bo'lishi, v) ta'limdagi onglilik va faol harakatda bo'lish, g) ta'limning tarbiyalovchilik imkoniyatlaridan foydalanish, d) ta'lim jarayonining ko'rsatmali bo'lishi, e) bilimlarni puxta va sistemali o'zlashtirib olish, j) ta'lim jarayoni va tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, z) ta'lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish. Uzluksiz ta'lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri deb, ta'kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv-tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta'limning ustuvorligi, ta'limning demokratlashuvi, ta'limning insonparvarlashuvi, ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'limning milliy yo'nalganligi, ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, iktidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta'limga tegishli bu qonun-qoidalar o'qitish, bilim berish, ya'ni ta'lim jarayoniga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Pedagogikada ta'limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya'ni didaktika kismida o'rganiladi. Bu jarayonda ta'lim prinsiplariga ham alohida to'xtaladi. Ta'lim (o'qitish) jarayoni murakkab hamda ko'p kirralidir. Unda o'qituvchi va o'quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffakiyatli va samarali natijasi ta'lim jarayonining qonun-qoidalari, ya'ni ta'limga ko'yilgan didaktik talablarga kay darajada amal qilishlariga bog'liq. o'qitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo'ladi. Shu sababli shaxsni o'qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. o'qituvchi kachonki ta'lim tamoyillaridan xabardor bo'lgandagina uni samarali boshqarish, o'qitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham o'qitish tamoyillari ta'lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'gri xal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta'lim tamoyillari o'quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o'zaro bir-biri bilan mustahkam bog'liq holda bir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta'lim oldida turgan asosiy maqsadlarni xal etishga o'z hissasini ko'shadi. Ta'lim tizimi isloh kilinayotgan hozirgi jarayonda o'quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta'lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim muammolardan biridir. o'quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo'lishi fan-texnikaning so'nggi yutuk va kashfiyotlarini o'zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o'qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim, o'quv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. o'qitishning ilmiylik tamoyillari ta'lim jarayonida o'quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: doc