Ta'lim tamoyillarini tanlashga umumiy yondashish

Ta'lim tamoyillarini tanlashga umumiy yondashish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim tamoyillarini tanlashga umumiy yondashish - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim tamoyillarini tanlashga umumiy yondashish Reja: Ta'moyil tushinchasi. Ta'lim ta'moyillarini tanlashga umumiy yondashish. Tayanch tushunchalar: Ilmiylik, tizimlilik, izchillik, onglilik, faollik, tamoyil. Ta'lim o'qituvchining faoliyati va o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o'zlashtirilishi, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo'l-yo'riqlarni o'z ichiga oladi. Ta'lim tamoillari o'qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ta'lim tamoillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o'qish va o'qitish jarayonlarining yo'nalishi, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirishlari, bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig'indisiga aytiladi. O'qitish prinsiplari ta'limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to'g'ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta'limning ilmiylik prinsiplari. Maktablarimizda ta'limning ilmiy bo'lishi prinsipi ta'lim jarayonida o'quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab olishlarini, atrofini o'rab olgan obyektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va voqealarning bir-biriga bog'liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o'zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko'nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o'z ichiga oladi. Ta'limning ilmiy bo'lishi prinsipi ta'lim jarayonida o'quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta'limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta'minlashga qaratilgan. Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta'limining mazmunigagina aloqador bo'lib qolmay, o'qitish meto'dlariga ham aloqadordir. U maktab ta'limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o'qitish meto'dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, o'quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto'dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o'quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o'tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto'dlari bilan tanishtirishni talab qiladi. Didaktikaning ilmiylik prinsipi o'quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o'rab olgan obyektiv borliqni o'rganish, bilishga bo'lgan qiziqishlarni o'stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o'z ma'lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo'lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o'quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi. Ta'lim va tarbiyaning birligi. Ta'lim jarayonida o'quvchini tarbiyalash, jamiyatda o'z o'rnini topishga yo'naltirish, ularga barkamol shaxs xislatlarini singdirish asosiy o'rinni tutmog'i lozim. Buning uchun: o'zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o'quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish; shu jarayonda o'quvchilarga muayyan ma'naviy sifat, umuminsoniy axloq me'yorlarini singdirish; v) o'quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Ta'lim-tarbiyaning birligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.67 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.67 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga