Ta'lim tarbiya ishlari gigiyenasi Company name Reja: 1. Bolalar va o'smirlarning ishchanlik qobiliyati, charchash va o'ta charchash haqida tushuncha. 2. Ta'lim-tarbiya psixogigiyenasi (o'quv yili gigiyenasi. Dars gigiyenasi) 3. Bolalar va o'smirlar kun tartibiga qo'yiladigan gigiyenik talablar. 4. Ta'lim va tarbiya jarayonlarida bolalarning fiziologik, jinsiy, ruhiy xususiyatlarini hisobga olish. Bu fazalarni ajralishi asosan ish samaradorligi ko'rsatkichlariga asoslanadi. Ulardan har birini davomliligi esa ish qobiliyati darajasining ko'rsatgichi hisoblanadi. Unumdorish davri nechog'li davomli bo'lsa u shuncha yuqori bo'ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati bo'ladi. Har bir odam muayyan vaqt mobaynida maqsadga muvofiq biror faoliyat turini ma'lum samaradorlik bilan bajarish qobiliyatiga ega bo'ladi. Odamning ish sharoiti va psixofiziologik imkoniyatiga ko'ra maksimal, optimal va pasaygan ish qobiliyatini farq qilish mumkin. Aqliy mehnatning birinchi fazasi ishdan oldingi holatidir. Organizmda atrof-muhit sharoiti ostida bajariladigan ish to'g'risida fikrlar, aqliy faoliyat boshlanishdan darak beradi. Ishchanlik qobiliyati o'smirlarning yoshiga ham uzviy bog'liqdir. Keyinchalik organizmning turli-tuman funksiyalarining asta-sekin qo'shilishi, zarur regulyator mexanizmlarining moslanishi ro'y beradi. Bu faza avvaliga ish qobiliyatining bir qadar ko'tarilishi bilan farq qiladi va «ishga kirishib ketish» holati deyiladi. Ikkinchi fazada ish qobiliyati nisbatan barqaror bo'ladi, u ma'lum vaqt mobaynida muayyan darajada saqlanadi. Keyingi fazada ish qobiliyati pasayadi va ish davom ettirilganda toliqish boshlanadi. Ish kuni mobaynida aqliy ish qobiliyati keng doirada o'zgarib turishi mumkin. Tashqi omillar orasida atrof-muhit sharoiti, ya'ni havo temperaturasi, tozaligi, namligi, quyosh nuri havo tarkibidagi CO2 miqdorini narmalligi kiradi. Ish qobiliyatiga ta'sir etadigan ichki omillardan motivizatsiyaga (sabab)ga, ya'ni ish qanday maqsadda va qanday qiziqish bilan bajarilishiga alohida ahamiyat beriladi. Yuksak ish qobiliyatiga hoxish bo'lganda kuzatiladi. Shuningdek ishlayotgan odamning hissiy kayfiyatiga ta'sir qiladi. Musbat motivizatsiya uzoq vaqt mobaynida ish qobiliyatini yaxshi saqlab turadi. Manfiy motivizatsiyani ish qobiliyati juda past, binobarin ish natijasining ko'rsatkichlari ham yomon bo'ladi. Organizmni barcha fiziologik jarayonlar yagona sutkalik bir kecha-kunduzlik ritmga bo'ysunadi. Sutka mobaynida organizm bir xil holatda bo'lmaydi: sutkani ayrim davrlarini uning aktivligini va ish qobiliyatini yuqori, boshqa davrlari past bo'ladi. Bunga ta'sir qiladigan asosiy omillar kun bilan tunning almashinuvi, temperatura, havo namligi atmosfera bosimining sutka davomida o'zgarishi, shuningdek kundalik rejim, ishning turi, vaqti va boshqalar kiradi. Yuqori sinf o'quvchilarini ko'p hollarda ikkinchi va uchinchi darslarda ish qobiliyati eng yuqori darajaga yetadi, to'rtinchi darsda pasaya boradi va taxminan birinchi darsdagi darsdayoq toliqish birmuncha ifodalangan bo'ladi. Aqliy mehnat va jismoniy mehnat deb taqsimlashda o'zi ma'lum darajada shartdir, Harakat aktivligi yetarli bo'lmagani holda uzoq vaqtgacha aqliy mehnat bilan shug'ullanish natijasida organizmda yurak-tomir va nafas olish sistemalari buzilishi, gormonal faoliyatining zaiflashishi kuzatiladi. Bezovta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:05 ]
Arxiv ichida: pptx