Ta'lim texnologiyalari fanining ilmiy nazariy asoslari

Ta'lim texnologiyalari fanining ilmiy nazariy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim texnologiyalari fanining ilmiy nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

1.Pedagogik mahoratning nazariy asoslari 2. Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari 3. Sharq mutaffakirlarining qarashlari TA'LIM TYeXNOLOGIYaLARI FANINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug'ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o'z qarashlari bilan ta'lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo'shdilar. Suqrotning tushunishicha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'lishi mumkin emas. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. U tinglovchilarni savol-javob yo'li bilan haqiqatni o'zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo'l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o'rgatar edi. Suhbatni bu metodi «Suqrot metodi» deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini, yani «evristik» suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to'ldirish) metodini olib kirdi. Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo'yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari muhimdir. Platon o'yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan olib borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytdi, ijobiy o'rnak namunasida tarbiyalash kabilarni talab qildi. U insonning yoshlik yillarini uchga bo'lib o'rganadi: 7 yoshgacha bo'lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan davr (jismoniy balog'at davrining boshlanishi) va jinsiy balog'at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo'lgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo'lish tabiatga mos bo'lib tushadi. Arastu o'z pedagogik qarashlarida iroda, faoliyatni asos qilib olgani holda, aqliy tarbiya sohasida axloqiy ko'nikmalarga katta ahamiyat beradi. Tabiiy istedod, shu bilan birga, ko'nikma orttirish (matlub harakatlarni o'rganish, tez-tez takrorlab turish) va aql - bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir, deydi. Konfutsi (eramizdan av. 551 - yer. av. 479) - Xitoyning taniqli mutafakkiri. Konfutsi ta'limda o'qish va fikrlash, o'ylash muhimligini aytdi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini takidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko'rsatdi. Uningcha sezgilarimiz orqali olingan bilim «qorong'i»; u olamning mohiyatini ochib berolmaydi; aql orqali olingan bilim «yorug'», haqiqiy bilimdir. Tabiat sirlarini faqat fikrlash yo'li bilan bilib olish mumkin. Kvintilian bolalarning qobiliyatlariga yuksak baho beradi. Uning fikricha, bola maktabda tarbiyalanmog'i lozim.O'qituvchi o'zi tarbiyalayotgan har bir bolaga ehtiyotkorlik bilan va etibor berib muomala qilishi kerak. O'qituvchining o'zi o'qimishli bo'lishi, bolalarni sevishi, o'zini yaxshi tuta bilishi,bolalarni bo'lar-bo'lmasga mukofatlay bermasligi yoki jazolay bermasligi, o'z shogirdlari uchun o'rnak bo'lishi lozim. birinchi bor mashg'ulotlarning sinf-dars shaklida bo'lishi zarurligini asoslab berdi. Komenskiy o'zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o'qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.1 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.1 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga