Ta'lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Ta'lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Ta'lim texnologiyalari fani pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari 2. Ta'lim texnologiyalarining maqsad va vazifasi. 3. Ta'lim texnologiyalarining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. O'quv mashg'ulotining maqsadi: Kadrlar tayyorlash milliy modeli va mutaxassislar tay-yorlash tizimiga qo'yila­yotgan zamonaviy talablarni, «Ta'lim texnologiyalari» fanining maqsad va vazifa­larini va fanning boshqa fanlar bi­lan integratsiya­sini yoritib berish. ta'lim jarayoni - bu o'quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi va mazkur mavzu bo'yicha ta'lim oluvchilarda nazariy va amaliy bilimlar majmuini o'zlashtirish imkonini beruvchi 45 yoki 80 daqidadan iborat jarayondir ta'lim jarayonini harakatlanti-ruvchi kuchi ta'lim beruvchi ta'lim oluvchi ta'lim beruvchi zimmasidagi vazifalar: ta'lim oluvchining zimmasidagi vazifalar: faoliyatida o'z-o'zi­ni faollashtira olishi, ijod­korligi, yaratuvchanligi, mulo­qotchanligi, bilim saviyasi, ruhiy holatini boshqara oli­shi va boshqalar. ta'lim oluvchining ta'lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o'zlashtirgan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalarni namoish etuvchi subyekt sifatida­ bo'lyapti. subyekt sifatida ta'lim beruvchi uzatgan axborotlarni qayta ish­lab, yo'llanma, ko'rsatmalarga, tav­siyalarga tayanib o'quv manbalari bilan mustaqil ravishda nazariy bilimlarni o'zlashtirishdir. Texnologiya - bu biron-bir ishda, mahoratda, san'atda qo'lla­nila­di­gan uslublar to'plamidir (talqinli lug'at). Pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo'lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi - kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya'ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo'lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlarning amalga oshirilishi, Respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yo'nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo'liga izchil o'tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustivorligini qaror toptirish, milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg'otish, Respublikaning jahondigi mavqei va obro'-e'tiborini mustahkamlanib borishigi erishish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari. Uning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Vazifalari Ta'lim to'g'risidagi O'zRning Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish; ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari: SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh obyekti va subyekti, ta'lim sohasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga