TA'LIM TEXNOLOGIYALARI REJA: 1. Ta'lim texnologiya va ularga tasnif. 2. Modulli o'qitish texnologiyalari 3. Integral ta'lim texnologiyalari 4. Dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyalari 5. Tabaqalashgan ta'lim texnologiyalari 6. Differensial ta'lim texnologiyalari Ta'lim texnologiya va ularga tasnif. Ta'lim - insoniyat tajribasining ma'lum tomonlarini, ya'ni o'quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo'lishlarini ta'minlaydigan fao-Hyatdir. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta'limdagi yutuqlar, avvalo, o'qituvchiga bog'liq. Mutaxassis sifatida o'z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo'lish psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o'rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko'rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo'lish kerak. Ta'lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta'lim texnologiyasi», «o'qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik. Modulli ta'lim texnologiyasi haqida tushuncha. Modulli ta'lim nima? «Modulli o'qitish» atamasi o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo'lgan «tugun» ma'nosini anglatadi. Bu ma'noda u o'qitishda tugallangan axborotlar bloki sifatida tushuniladi. Modul bu o'quv materialining mantikan tugallangan birligi bo'lib, o'quv fanining bir yoki bir nechta fundamental tushunchalarini o'rganishga qaratilgandir. Klaster metodining mohiyati qanday? «Klaster» metodi inglizchadan bir shingil uzum ma'nosini anglatadi. Klaster - ta'limda fikrlarning tarmoqlanishini bildiradi. Bu pedagogik yo'nalish bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam beradi. o'quvchilarni mavzuga taallukli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik va uzviylikda tarmoqlashga urgatadi. «Klaster» metodidan foydalanganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Klasterlarga namuna «Skarabey» texnologiyasining mohiyati qanday? «Skarabey» interaktiv texnologiya bo'lib, u o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantik, xotiraning rivolanishiga imkoniyat yaratadi. INTEGRAL TA'LIM TEXNOLOGIYALARI Integrallashgan bilimlarni shakllantirish tamoyillari: obyektivlik - ma'lum bir kurs, bo'lim yoxud mavzuda bir obyektning turli predmetlar bo'yicha obrazlari aks ettirilganda (Yer, havo, suv, oziq-ovqat, inson yoki o'simlik, jonzod, magnit yohud elektr maydoni, radiasiya va hokazo); tushunchaviy, ma'lum umumiy ilmiy tushunchalarning bir qanchasi tema, mavzu yoxud kurs tomonida o'z ichiga olinganda (energiya, harorat, modda, informasiya, muvozanat va hokazo); nazariy yoxud konseptual: fizika, kimyo, biologiyada kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika va sosiologiyada evolyusion nazariya masalalari qaralayotganda; - metodologik bunga falsafa metodologiyasi yoki ilmiy bilishning ba'zi elementlari (hodisa yoki obyekt bo'yicha: mohiyat, sistemali yondashuv, tabiatshunoslik muammolarining qo'yilishi va yechimi v.h.k) kabi masalalar kiradi; muammoli, turli fanlarga daxldor kompleks muammolar (ekologik, energetik, demografik va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
167.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
167.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:06 ]
Arxiv ichida: ppt