Ta'lim texnologiyalarining mohiyati va o'ziga xos jihatlari

Ta'lim texnologiyalarining mohiyati va o'ziga xos jihatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim texnologiyalarining mohiyati va o'ziga xos jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim texnologiyalarining mohiyati va o'ziga xos jihatlari Reja: 1.Ta'lim texnologiyalarining umumiy mohiyati. 2.Ta'lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari. 3.Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. 4.Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlari, algoritmi. Ta'lim texnologiyasi - o'quv mashg'ulotlarida ko'rsatilgan barcha bilish jarayonlarini amalga oshirib, pirovard natijada barcha faoliyat turlarini to'liq o'zlashtirishga yordam beradi. Bunday darslarda dars qismlarining ichki aloqasi: maqsad, mazmun va ish usuli bilan amalga oshiriladigan ta'lim, mumtoz tizimning bosqichlari saqlanib qoladi. Ya'ni, uy vazifalarini tekshirish, uning asosida yangi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari O'qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan, o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan mimosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Y.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan shug'ullanadi; Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi; O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi. An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi. An'anaviy o'qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: ilmiylik; tabiatga monandlik (o'qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); uzviylik va tizimlilik; o'zlashtiruvchanlik (ma'lumdan noma'lumga, soddadan murakkabga); mustahkamlash (takrorlash, takrorlash ) onglilik va faollik; nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi; yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlikpedagogikasi, o'qitishning rushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish. An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs Mumtoz an'anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma'ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o'z ichiga oladi (didaxografiya). Zamonaviy an'anaviy o'qitish esa, o'qitishning texnik vositalarini qo'llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo'ladi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda, o'quvcECshaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 547.65 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 547.65 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga