Ta'lim texnologiyasi Reja: 1. Texnologiyaning nazariy belgilari. 2. Boshlang'ich ta'lim mazmuni texnologiyasi. 3. O'quvchilarni pedagogik jihatdan baholash texnologiyasi. Ta'lim to'g'risidagi qonunga va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ga asoslangan. Boshlang'ich ta'limning o'quv-tarbiya jarayoni mazmunini oldindan anglagan holda, avvalo, psixologik-pedagogik asosga qurilgan ta'limning zamonaviy insoniy-axloqiy va tabiatan yaratilgan namunaviy texnologiyasi yaratildi. Boshlang'ich ta'lim texnologiyasini tahlil qilish natijasida ushbu texnologiya asosida turgan quyidagi psixologik-pedagogik qoidalarni vujudga keltirish imkoni bo'ldi: 1. Ta'lim jarayoni (o'qitish va tarbiyalash) bolani o'qishga o'rgatish prinsipiga qurilishi kerak. 2. Ta'lim jarayonida (o'qitish va tarbiyalash) har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari namoyon bo'lib, va tabiiy erkin faol ishtirok etadiran bo'lsin. 3. Ta'lim jarayoni shunday quriladiki, bu o'qitishdan va boshqa faoliyatlardan anglashilgan maqsad bolalarning tabiiy va o'sib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq bo'lgan muhim va ularga tushunarli bo'lishini ta'minlashdir. Shu bilan birga ta'lim jarayoni o'quvchilar faoliyatining ichki imkoniyatlari ustivorligiga quriladi. Bahodan esa qulayliklarning tashqi sabablaridan yordamchi vosita sifatida foydalaniladi, xolos. 4. Bolalar tomonidan o'rganilayotgan fanning asosiy bilim-malakalarni egallash ular uchun qiziqarli va tushunarli jarayonda amalga oshiriladi. Zero, bu malakani egallash, asosan tasavvur orqali amalga oshib, ular bir bolada kuchli xotirlash paydo qiladi. Bolaning asosiy o'quv malakasini tez va soz egallashi uning umumiy psixologik va aqliy rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, sust tayyorlangan va yetarli rivojlanmagan bolalarda nuqsonlarning bartaraf bo'lishiga olib keladi, tabiatan qobiliyatli bo'lgan bolalarni esa rivojlantirib, yanada yuqori qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi. 5. Malaka va ko'nikmalarni egallash, ularni takomillashtirish bolalar ijodiyoti jarayonida badiiy o'qish, xalq iqtisodiyotini, badiiy mehnatni o'rganish orqali amalga oshadi. 6. Boshqa ta'lim tizimlariga qaraganda mutlaqo o'zgacha ta'lim psixo-fiziologik modeli ishlatiladi. Bu analitik-sintetik jarayonlarni avtomatlashtirish emas, albatta. 7. O'quv sinflari turli xillik prinsipi: bolalarning maktab ta'limiga oldindan tayyorgarligi darajasi bo'yicha hamda umumiy psixik va aqliy taraqqiyoti bo'yicha jalb qilinadi. 8. Bola materialni faqatgina eshitish yoki his qilish a'zolari orqali o'zlashtirmaydi, balki o'zida bilishga nisbatan paydo bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun o'zlashtiradi. 9. Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lish sharti: o'quv materialini muammolashtirish (bilim-bolalar, hayratlanish va qiziquvchanlik); bolaning faolligi (bilimlar qiziqish bilan o'zlashtirilishi lozim); ta'limning bola hayoti bilan, o'yin, mehnat bilan aloqasi. 10. Muammoli vaziyat paydo bo'lganda o'qituvchidan o'quv materialini muammolashtirishni, differensial va individual yondashishni talab etiladi. Dars jarayonida didaktik, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va bolani rivojlantirish. 1. Butun dars davomida har bir o'quvchiniig ongli aqliy faoliyatiga erishish: bu - o'quvchilar butun mashg'ulot davomida ishlaydi deganidir. O'quvchi uy vazifasini tekshirishga kirishadi, yangi materiallarning bayonini tinglaydi, ularni mustahkamlashda faol qatnashadi, mustaqil ishlarni bajaradi. Bunda o'quvchilarni bilish faoliyatiga mexanik tarzda kiritiladi deb o'ylash noto'g'ri. Bu yerda gap tabiiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:06 ]
Arxiv ichida: doc