Ta'lim tili va ona tili ta'limi tushunchalari haqida

Ta'lim tili va ona tili ta'limi tushunchalari haqida

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim tili va ona tili ta'limi tushunchalari haqida - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim tili va ona tili ta'limi tushunchalari haqida Reja: 1. Ta'limni ona tilida olib borish masalasi. 2. Ta'lim ona tilida olib borilgan sharoitda ona tilini o'qitish maqsadi. 3. O'zbek maktablarida ona tili o'qitilishi tarixi. 4. Ona tilining o'quv predmeti sifatida maktabda (ta'lim o'choqlarida) o'qitilishi. KIRISH Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo'lmish Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda 2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi maktab ta'limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo'ydi. Prezidentimizning: Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim past bo'liShi muqarrar, - degan ta'kidlari maktab ta'limi va didaktlar oldiga qo'ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o'z navbatida ta'lim maqsadini to'g'ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o'zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda ta'lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo'lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq ta'lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta'lim maqsadining sovet davrida hukmron bo'lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo'nalishida tubdan yangilanishi umumiy o'rta ta'limda barcha o'quv predmetlari maznuni va ta'lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan. Prezidentimizning Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q yo'q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo'yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o'tganishni, uni bo'lajak o'qituvchilar, til ta'limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo'ldoshevaning ushbu o'quv qo'llanmasi oliygoh talabalari va o'qituvchilar uchun juda foydalidir. Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash joizki, sovet davri didaktikasida ta'lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki ta'lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning ta'lim oldida qo'ygan bosh vazifasi sanalib, o'sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy Respublikalarda mutlaqo mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o'zining mustaqil taraqqiyot yo'li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o'lkamizdagi har bir masala tog'risida, Prezidentimizning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuchasarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari ta'lim maqsadiga ham to'la-to'kis aloqadordir: Agar biz… bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlanadigan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. El-yurtimiz ko'p asrlik tarixi davomida bunday mash'um xotiralarni necha bor ko'rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.24 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga