Ta'lim tizimida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari

Ta'lim tizimida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim tizimida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-uslubiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion - (ingliz.) - yangilikni kiritish (tarqatish) ma'nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika innovatsiyachisi E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo'lgan munosabati va boshqalarni ko'rsatgan. Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Innovatsiya - bu ta'lim; ma'lum bosqichlari bo'yicha rivojlanadigan jarayon. Innovatsion faoliyatning subyekti - o'qituvchining shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda pedagog shaxsining ijtimoiy, madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi. Ta'lim texnologiyalari Bugungi kunda ta'lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: An'anaviy 2) Noan'anaviy 1) An'anaviy ta'lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo'ljallangan, ta'lim jarayoni ko'proq o'qituvchi shaxsiga qaratilgan bo'lib, o'qitishning an'anaviy shakli, metodi va ta'lim vositalarining majmuidan foydalanib ta'lim-tarbiya maqsadiga erishishdir. 2) Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo'ljallangan, ta'lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo'lib, o'qitishning zamonaviy shakli, faol o'qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta'lim-tarbiya ishidan ko'zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo'naltirishdir. Pedagogning innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi an'anaviy ta'lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e'tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga ega bo'ladi. Dars tuzilmasi o'zgaruvchan bo'ladi. Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi o'z navbatida uchga bo'linadi: Hamkorlikda o'rganish Modellashtirish Tadqiqot (Loyiha) Hamkorlikda o'rganish - talabalarning bilimini o'zlashtirish, singdirish, musta'kamlash bo'yicha reproduktiv faoliyatini ta'minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo'yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o'qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta'lim olishini ko'zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o'quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin. Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko'rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta'lim olishini ko'zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o'zlashtirishda bevosita ishtirokini ta'minlash orqali ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbop o'yinlar va rolli o'yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin. Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig'indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo'yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg'otishga qaratilgandir. Unda o'qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 166.41 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 166.41 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga