Ta'lim tizimini boshqarish

Ta'lim tizimini boshqarish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim tizimini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim tizimini boshqarish Reja: 1. Pedagogik boshqarish tushunchasi. 2. Ta'lim tizimini boshqarish. 3. Ta'lim-tarbiyani boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari. Ta'lim tizimini boshqarish Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari Ta'lim to'g'risidagi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi. Xalq maorifini boshqarish davlatimiz siyosatining bevosita ifodasidir. Umumiy o'rta va kasb -hunar ta'limining rivojlanishi ularning maqsad hamda vazifalarini tobora yaqinlashtirib, birlashtirmokda. boshqaruv organlari barkamol avlodni o'qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o'z vaqtida va ijodiy xal etishlari, barcha o'quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga muvofik oshirilishini ta'minlashlari kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdan bosh maqsad va pirovard natija har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o'z vatani va xalqini manfaatlariga sadokatli yorkin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo'ladi. Bu maqsadga erishish umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni,jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda yangi ijtimoiy-siyosiy muhitni shakllantirish bilan bog'liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, hayotga tadbiq qilish, xech bir mubolagasiz, strategik maqsadlarimiz farovon kudratli demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo'lmogi lozim. Davlat va jamoat tashkilotlari, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta'lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan qaytadan ko'rib chiqishni takozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta'lim va tarbiyaning aniq maqsadga qaratilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi. Erkinlashtirish, jamiyatni ma'naviy yangilash, birinchi navbatda, yosh avlod an'analari insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni singdirish orqali ta'minlanadi. Ta'lim tarbiya tizimiga rahbarlik qilish prinsiplari. Ta'lim oldiga ko'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog'liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chikib, maorifning o'rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan karab, Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz ma'ruzalarida, maxsus qarorlarida rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e'tibor berib kelmoqda. Ilmiylik va pedagogika fani amaliyot bilan bog'lanish prinsipi. Bu prinsip xalq ta'limi organlari va maktabning hamma ishini O'zbekiston Respublikasi davlatining ko'rsatmasi, fan va texnika yutuklari hamda ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etadi. Chunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo'lmasdan turib, to'la-to'kis bilimga ega bo'lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib, boshqarish mumkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 36.84 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 36.84 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga