Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va ikkinchi bosqichdagi vazifasi

Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va ikkinchi bosqichdagi vazifasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va ikkinchi bosqichdagi vazifasi - rasmi

Material tavsifi

ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va ikkinchi bosqichdagi vazifasi Reja: «ta'lim to'g'risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ta'limni isloh qilishdagi ahamiyati. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari va qo'yilgan vazifalar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni birinchi bosqichida bajarilgan ishlar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqichidagi vazifalar. «ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq IX-sessiyasida qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ro'yobga chiqarishning 1-bosqichida «ta'lim to'g'risida» gi qonuniga muvofiq ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash, ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatiga qo'yiladigan zarur talablarni joriy etish ko'zda tutilgan. Mazkur dasturning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi. - «ta'lim to'g'risida» gi O'vzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini tubdan isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish. kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; ta'lim, fan va ishlab chiqarshi samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudejtdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma- bosqich ro'yobga chiqariladi. Birinchi bosqich: (1997-2001 yillar)-mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan: «ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash. pedagog va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.01 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.01 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga