«ta'lim to'g'risida» gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining pedagogika nazariyasi va amaliyoti rivojlanishidagi o'rni Reja: «ta'lim to'g'risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»ning qabul qilinishi va dolzarbligi. 2. «ta'lim to'g'risida» qonunning mazmuni. 3. «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i, «ta'lim to'g'risida» qonunning mantiqiy davomi sifatida. 4. «ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»ining nazariy va amaliy qiymati. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng jamiyat taraqqiyotida qonun ustivorligiga alohida etibor berib boshlandi. Demokratiya va insonparvarlik tamoyillariga har tomonlama mos bo'lgan Konstitutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Unga suyangan holda 1997 yilning avgustida Oliy Majlisning IX sessiyasida «ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» to'g'risida qonunlari qabul qilindi. Bu hujjatlar bir qaraganda mamlakatimizda maorif ishlarini tartibga solish, malum bir muddat davomida uning rivojlanishini ta'minlash maqsadiga qaratilgandek tuyuladi. Aslida esa ularning mohiyatiga chuqur ijtimoiy -siyosiy, ma'naviy, ma'rifiy maqsad va vazifalar kiritilgan bo'lib, yaqin kelajakda O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining o'ziga xos modeli ishlab chiqilgan. Mazkur qonunlarning hayotga tadbiq etilishi xalq xo'jaligining barcha sohalarini yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi. Chunki bu qonunlar jamiyatning har bir azosiga qobiliyati, qiziqish, va intilishlariga mos bo'lgan ta'lim -tarbiya berish, shaxsiy sifatlarni to'la tarkib toptirish hamda namoyon etish imkonini yaratadi. Uzluksiz ta'lim tizimi barcha kishilarga mos bo'lgan ta'limni olishi, kasb egallashi, uni takomillashtirib borishlariga to'la sharoit yaratishga mo'ljallangan. «ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i o'zaro mantiqan bir -biriga bog'langan bo'lib, hozirgi sharoit uchun eng mukammal ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning metodologik asosi vazifasini o'taydigan mazmunni kasb etadi. Bu hujjatlar ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'ta hayotiy bo'lib, uni sinchkovlik bilan o'rganishni, ta'lim -tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda va hayotga tadbiq etishda unga amal qilishni taqozo etadi. 2. «ta'lim to'g'risida» gi qonunning mazmuni: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1 - chaqiriq 9 sessiyasida 1997 yil 29 avgustida tasdiqlangan qonun 5 bo'lim, 34 moddadan iborat. Umumiy qoidalar 8 modda. ta'lim tizimi va turlari 11 modda. ta'lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish 5 modda ta'lim tizimini boshqarish 5modda Yakunlovchi qoidalar 5modda. Umumiy qoidalar: Bu bo'limda mazkur qonunning maqsadi, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomaga amal qilish yo'llari, davlat (siyosatining ta'lim sohasida asosiy tamoyillari prinsiplari), ma'lumot olish huquqlari, pedagogik faoliyat yuritish huquqi, ta'limiy muassasalarning huquqiy maqomlari, davlatning ta'lim to'g'risidagi standartlari va ta'limni qanday tilda olish kabi holatlar ko'rsatilgan. Qonun barcha fuqarolarning ta'lim, tarbiya va kasb tayyorgarligi olishining konstitutsiyaviy asoslarini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ta'lim sohasidagi asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: -ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratiyaga amal qilishi; -ta'limning uzluksizligi va izchilligi; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:07 ]
Arxiv ichida: doc