Ta'lim usulining ta'lim maqsadi bilan aloqadorligi

Ta'lim usulining ta'lim maqsadi bilan aloqadorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim usulining ta'lim maqsadi bilan aloqadorligi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim usulining ta'lim maqsadi bilan aloqadorligi Reja: 1. Ta'lim usuli ta'lim oluvchining bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yo'lidir. 2. Ta'lim jarayonida to'g'ri tanlangan faoliyat usullari natijaga erishishni ta'minlaydi. 3. Ona tili ta'limida deduktiv-reproduktiv va kognitiv-pragmatik (induktiv) ta'lim usullari haqida. 4. Bilimli shaxs va ijodiy tafakkur sohibi. 5. Ona tili ta'limida induktiv−ongli, verbal, kognitiv-pragmatik usulning afzalligi va YPTlar. KIRISH …tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz…Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz. O'z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o'zimiz tiklamasak, o'zimiz xolisona yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o'zlikni anglash mumkin emas.1 I.A.Karimov. Ta'lim va ayrim o'quv predmetlari (jumladan, ona tilini o'qitish) maqsadining ta'lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta'lim maqsadining ta'lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o'rganilgan. Juda ko'p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o'zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G'ulomov, R.G'.Safarova, S.Y.Og'ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o'rganish ta'lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo'shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo'yicha darslik va qo'llanmalarda ham ta'lim maqsadi o'z-o'zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta'lim maqsadi ta'lim strukturasida markaziy o'rinlardan birini egallaydi. To'g'ri, didakt va metodistlarning ta'lim maqsadi tadqiqiga kamroq e'tibor qaratishi ta'lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go'yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko'rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o'quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta'lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o'rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To'g'ri, davlat va jamiyat ta'lim maqsadini o'z taraqqiyoti davomida tug'ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta'lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta'lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta'lim maqsadi muammosini har tomonlama o'rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi. Ta'lim maqsadi silsilasida ona tili ta'limi maqsadi alohida o'rinda turadi. Chunki maktab ta'limi ona tilini ta'lim oluvchiga o' r g a t m a y d i - ta'lim oluvchi ona tilini ta'lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o'z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o'rinda bir necha haqli savollar tug'iladi: Nega zamonaviy ta'limning barcha tur, bo'g'in va bos'ichlari uchun ona tili ta'limi umumiy va zaruriy o'quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta'limi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.01 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.01 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga