Ta'lim usullari metodlari va vositalari

Ta'lim usullari metodlari va vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim usullari metodlari va vositalari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim usullari metodlari va vositalari Reja: ta'lim usullari (metodlari) haqida tushuncha. ta'lim usullari, vositalari klassifikatsiyasi va ularning qisqacha tafsiloti. Hozirgi zamon ta'lim usullariga bo'lgan pedagogik talablar. Kishilik jamiyatida bajarilishi lozim bo'lgan har qanday ijtimoiy funksiyaning bajarish lozim bo'lgan metodlari, usullari, choralari, yo'l - yo'riqlari hamda vositalari mavjud. Maktabda yosh avlodga fan asoslarini singdirishda, ularni bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirishda o'qitish usullari, metodlari va vositalari katta rol o'ynaydi. Odatda, keng manoda qo'llaniladigan «metod» termini kishilarning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, malum obyektni o'zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, o'qitish metodlari har ikkala faoliyatning, yani o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish hamda o'quvchilar tomonidan o'sha nazarda tutilgan ilmiy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llaniladigan yo'l - usullarni o'z ichiga oladi. Demak, o'qitish metodi har ikkala tomonning faolligi birligini ta'minlashga qaratilgan. Maktab ta'limi sistemasida o'qitish metodlari bilan bir qatorda «usul» hamda «vosita» tushunchalari ham ishlatiladi. Usul - malum o'quv materiallarini o'tishda qo'llanilayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanishdir. Masalan, malum bir mavzuni maktab ma'ruzasi metodi bilan bayon qilaturib, yo'l - yo'lakay o'quvchilar bilan savol - javob yuritilsa, yoki ko'rgazmali materiallardan foydalanib, izox berib o'tilsa, (bular boshqa mustaqil metod elementlari) asosiy metodning (ma'ruza metodining) yo'nalishini o'zgartiradi va u shu metodga nisbatan metodik usul bo'lib qoladi. Vosita esa - malum o'qitish metodi yoki metodik usullarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari - asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanish tushuniladi. Shuningdek, metodik usul tushunchasi ham ishlatiladi. Masalan, o'quvchilar bilimini yozma tekshirish usuliga xatolarni tuzatish usuli kiradi. Xo'sh, ta'lim metodi deb nimaga aytiladi. ta'lim metodi, - deb o'qituvchi tomonidan, o'quv rejasi, o'quv dasturi talablari asosida o'quvchini bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantirish bilan birga tarbiya berishning yo'liga, usuliga hamda choralariga aytiladi. ta'lim metodlari, usullari hamda vositalari yordamida o'qituvchi har bir fandan ilmiy va sistemali, izchil ma'lumot beradi, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi va amaliy malakasini oshiradi. O'rta Osiyolik buyuk alloma Abu Nasr Forobiy moddiy dunyoni ilmiy asosda bilishda ularning sirlarini, xossalarini anglashda jonli mushohadaning rolini ko'rsatib, bunday degan edi: Dunyodagi jamiki borliqni, narsa va hodisalarni bilishda, uning xossalarini anglashda jonli mushohadadan boshlash, yani bizning tushunchalarimizni tayyor va o'zgarmaydigan deb tushunish hamdir, balki qanday qilib bilmaslikdan bilishlikka borishni, qanday qilib to'liq va aniq bo'lmagan bilimlarni to'laroq va aniqroq bilishning yo'l va usullarini bilish kerak. Maktablarning ta'limiy ish tajribasida quyidagi o'qitish usullari qo'llaniladi: O'quv materialini og'zaki bayon qilish usuli. ta'limning ko'rgazmalilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.53 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.53 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga