Ta'lim usullarini tanlash Reja: Kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida zamonaviy darsga qo'yiladigan talablar Kasb-hunar ta'limida darslarga qo'yiladigan talablar Zamonaviy darsning maqsadlari O'qitish usullarini tanlashda asosiy e'tiborni ta'lim maqsadi va vazifalariga qaratmog'i lozim. Chunki o'qitish usullari bilan ta'lim rnaqsadi o'rtasida yaqin o'zaro bog'liqlik mavjud. Наг qanday o'quvchining maqsadi - bilimni hamda uni amalda qo'llay bilish ko'nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga shaxs sifatlari va ko'rsalmalarini ishlab chiqish. O'quv faoliyati harakatida maqsadning barcha komponentlari amalga oshar ekan, turli usullarni birgalikda qo'llash zarur. Shuning uchun usul tanlashda eng asosiy omil bo'lib, aniq o'quv mashg'ulotining didaktik vazifasi xizmat qiladi. Shuni e'tiborga olish kerakki, usul tanlash nafaqat maqsaddan, balki o'quv material mazmuniga va bu fanni qanchalik qiyin deb hisoblashga bog'liq. O'quv usulini tanlashda uning samaradorligini e'tiborga olish ham ahamiyatga ega. 3-rasmda o'qitish «piramidasi» ko'rsatilgan, o'quvchilarning axborotni eslab qolish ko'rsatgichlariga o'qitish usullarining ta'siri quyidagi o'qitish piramidasida aks ettirilgan. Ma'ruza, doklad O'qlsh Video, rasm, ko'rish Tajribani namoyish qilish Munozaia Mashq Ishbilarmon o'yin, loyiha usuli Boshqalarni o'qitish Kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida zamonaviy darsga qo'yiladigan talablar Dars va uning turlari Dars deganda, o'qituvchining o'quv guruhiga (brigadaga) uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o'zgarmas o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazish tushuniladi. Dars kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida ham ta'limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Наг bir dars ta'lim jarayonining bir qismi hamda bilim, ko'nikma va malakalarini egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Didaktik maqsadlar bo'yicha darsning quyidagi turlari mavjud: Yangi bilimlarni o'rganish darsi. Bunday darslarda mavzu va ko'zlangan maqsad aytilib, yangi o'quv materiali bayon etiladi va o'quvchilarning mustaqil ishlashi uyushtiriladi, uyga topshiriqlar beriladi, darsning bu xili o'quv materialini o'zlashtirish oson hollarda o'tkaziladi. Umumiy yoki aralash dars. Bunday darslarda har xil didaktik masalalar hal etiladi, uy topshiriqlarini va o'quvchilarning bilimlarini tekshirish, yangi materialni bayon qilish va boshqalar amalga oshiriladi. Ular maxsus fanlarni o'rganishda bir-biriga eng yaqin zvenolarini o'z ichiga oladi, bu esa o'quvchilar bilimlarini puxta va ongli o'zlashtirishini ta'minlash uchun muhimdir. Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o'rganilgan materiallar yuzasidan o'quvchilar bilan suhbatlar o'tkaziladi, kinofilmlar ko'riladi, bilimlar esga solinadi, faktlar va natijalar o'quvchilarning xotirasida mustahkamlanadi. Natijada bilimlar ancha puxtalashadi. Sinash-tekshirish darsi. Bunday darslarda mavzu, bo'lim yuzasidan og'zaki savol-jaoblar, test yordamida yozma yoki grafik usulda tekshirish ishlari o'tkaziladi. Ulardan ko'zlanadigan maqsad, bar bir o'quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baholash uchun kerakli ma'lumotlar olish, ya'ni bilimlarni qanchalik ongli va puxtaligini aniqlashdan iborat. Muammoli dars. Bu darslardan maqsad 'quvchilar qo'yilgan muammolarni yecha olish yoki yecha olmasligini aniqlashdir. Bunday darslar o'quvchilar maxsus fanlardan ma'lum bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lganlaridan keyin ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.46 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
125.46 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:07 ]
Arxiv ichida: docx