Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalarni amalga oshirish jarayonlari Reja: 1.Korxonalrning yangi xo'jalik yuritishga o'tishi, faoliyat turlari kengayishi va o'zgarishi, o'rta va kichik biznes rivojlanishi va jamiyatning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish. 2.Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish. Kichik mutaxassilarga (kollej bituruvchilariga) qo'yiladigan talablar. 3 «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat yuritishda ta'lim muasasalarining mustaqilligini oshirish. 4. Korxona va ta'lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari: ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari. Kasbiy tayyorgarlik jarayonida ishlab chiqarish ta'limining o'rni Ishlab chiqarish ta'limi malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining asosiy tarkibiy qismidir. Ma'lumki, kasbiy tayyorgarlik yoki insonni ma'lum aniq sohada ishlashga, ya'ni mehnat qilishga o'rgatish quyidagi ikki yul orqali amalga oshirilishi e'tirof etilgan: a) o'quvchini malakali mutaxassis bilan bevosita hamkorlikda ishlash jarayonida, ya'ni usta-shogird tizimida; b) maxsus muassasalarda tashkil etilgan kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida. Usta-shogird yo'li uzoq vaqt talab etilganligi va samaradorligining nisbatan pastligi sababli hozirgi vaqtda nisbatan kamrovli qullaniladi. Ishlab chiqarish ta'limi kasb-hunar ta'limi muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim qismidir. SHuning uchun ham kasbiy tayyorgarlik uchun ajratilgan umumiy vaqtning 40-45 foizi ishlab chiqarish ta'limiga beriladi. U mohiyatiga ko'ra ta'lim-tarbiya jarayonida namoyon buladigan muhandis-pedagog (o'qituvchi) bilan o'quvchilarning o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladigan faoliyatlarida o'z aksini topadi. Bunday faoliyatning natijasi bo'lib, o'quvchilarda tarkib topgan amaliy bilimlar, kasbiy xatti-harakat usullari (ko'nikma, malaka) hamda shaxsiy fazilatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta'limi ta'lim - tarbiya ishining barcha umumiy qonun-qoidalariga qat'iy amal qiladi, shu bilan birga uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. o'quvchilarning ishlab chiarish jarayonida bevosita ishtirok etishlari ishlab chiqarish ta'limining asosiy o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi, bu o'z navbatida uning mazmunini, tashkil etish shaklini, o'qitish vositasi va uslubini aniklaydi. Har qanday ta'lim-tarbiya jarayonida bo'lganidek ishlab chiqarish ta'limida ham uuvchilarning o'quv-bilish faoliyatining ikki tomoni, ya'ni ichki va tashqi tomonini hisobga olish mudimdir. Ishlab chiqarish ta'limida uuvchilar faoliyatining tashqi tomoni - ularning o'quv-bilish faoliyatlarida ma'lum kasbiy xatti-harakat usullarini bajarishda, mahsulot tayyorlashlarida mexanizmlarni roslash va sozlashda, mashinalarni ishga va saqlashga tayyorlashda hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal kilgan holda ularni ishlatishlarida o'z aksini topadi. Ichki (intellektual) faoliyat esa usta ko'rsatmalarini qabul qilish, idrok etish, fikr yuritish, berilgan vazifalarni rejalashtirish, ularni bajarishning maqbul variant va usullarini belgilash, bajarilgan ish sifatini aniqlash va baholash hamda o'z xatti-harakatlarini nazorat qilish kabilarda namoyon bo'ladi. o'quvchilar faoliyatining bu ikki tomonini o'zaro birgalikda uzviy bog'liq holda o'quv materialiga jalb etish natijasida ularda amaliy jihatdan muhim kasbiy ish-harakat usullari muvaffakiyatli shakllanadi. o'quvchilarning yuqorida ko'rsatilgan o'quv-bilish faoliyatlarining ichki va tashqi tomonini boshqarish, ma'lum ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.52 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.52 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:07 ]
Arxiv ichida: doc