Ta'lim va tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Yoshlarni tarbiyalashda pedagogikaning ahamiyati. Milliy tarbiyaning maqsadi

Ta'lim va tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Yoshlarni tarbiyalashda pedagogikaning ahamiyati. Milliy tarbiyaning maqsadi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim va tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Yoshlarni tarbiyalashda pedagogikaning ahamiyati. Milliy tarbiyaning maqsadi - rasmi

Material tavsifi

ta'lim va tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Yoshlarni tarbiyalashda pedagogikaning ahamiyati. Milliy tarbiyaning maqsadi Reja: 1. Milliy tarbiyaning manosi va pedagogik mohiyati. 2. Milliy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari. 3. Insonning nodir betakrorligi milliy ma'naviyatimizning asosi. 4. Xalq pedagogikasi-milliy pedagogika asosi. Prezidentimiz I. A Karimov ta'lim-tarbiya jarayonidan maqsad, faqat ilmiy madaniy merosni o'rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralari, hikmatlarini ochish, ularni hayotga tadbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq belgilab bergan edilar. Prezidentimiz tomonlaridan ma'naviyatni iqtisoddan ustuvor deb elon qilinishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini tashkil qiluvchi ulug'vor milliy g'oya edi. Bu milliy g'oya chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lib, juda to'g'ri tanlanganligi dunyoviy, diniy fanlar va hayot isbotlamoqda hamda butun dunyo hamjamiyati tan olmoqda. I. A. Karimov milliy yuya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan ham kelib chiqadi. «Fidokor» gazetasining muxbiri bilan (200, iyun) «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isxonaman» nomli muloqotlarida bayon etggan edilar: «Chunki mafkura. - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmuni, ularning intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiysi, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o'z taraqqiyot yo'lini, ertangi kun ufqlarini o'zining milliy g'oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi». Prezidentimizning bu fikrlarini g'oya, mafkura, milliy g'oya, milliy mafkura, ma'naviyat atamalarining etimologiyalari ham tasdiqlab beradi. ma'naviyat - arab tilidagi mano» yoki manoi g'oya so'zlaridan olingan bo'lib, ruhiy degan manoni anglatadi. G'oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat. Mafkura - muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o'z-o'ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma'naviy-ilmiy tizimidan iborat. Milliy mafkura - xalqimizning ma'naviy-ilmiy mentaliteti, g'oyalari asosidagi amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tugayotgan yo'li, davlatga, jamiyatga, olamga, o'z-o'ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir. Maqsadimiz aniq-mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati asosida xalqimizni farovon hayotga erishtirish, shu maqsadga erishish yo'lida fikr erkinligi, faoliyat ozodligi asosida insonning asl qadri mohiyatni ro'yobga chiqara borib, inson xazinasini ochish.Bu haqda Prezidentimiz I. A. Karimov Fidokor gazetasi (iyun, 200) muxbirining savollariga javoblarida shunday degan edilar: O'z mustaqil fikriga ega bo'lgan, o'z kuchiga, o'zi tanlagan yo'lning to'g'riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho'chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlariga, hayot haqiqatiga suyangan holda, har qanday g'arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo'ladi».Fikr va faoliyat erkinligi aslida insonning nodir va betakrorligiga asoslangan. Chunki insonning o'zligini anglash, uni nodir va betakrorligini anglashdan boshlanadi. Insonning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.4 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga