Ta'lim va tarbiyaning psixologik masalalari

Ta'lim va tarbiyaning psixologik masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim va tarbiyaning psixologik masalalari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim va tarbiyaning psixologik masalalari Reja: harakatlanish harakatlariga o'rgatishning psixologik masalalari O'zini boshqarishda fikrlash, nutq: harakatlanish amallariga o'rgatishni intellektuallashtirish. Harakatlanish amallarini egallab olish jarayonida ularning texnikasini individuallashtirish haqida. taktik harakatlarni egallashning psixologik masalalari Taktik masalalarni hal etishda kontseptual modellarning roli. Irodaviy sifatlarini tarbiyalash, psixologik aspektlari (jihatlari) Jismoniy tarbiya va sportda shaxsni shakllantirish psixologiyasi Jismoniy tarbiya va sportdagi faoliyat bu umuman olganda pedagogik jarayon, yani odamning jismoniy va ma'naviy kuchlarini rivojlantirishga, uni jamiyat azosi sifatida shakllantirishga. Mehnat faoliyatiga tayyorlaga qaratilgan o'qitish va tarbiyalashni ularning birgalikdagi jarayonidir. Shu bilan bir vaqtda bu sportning aniq bir turiga maxsus qobiliyatini aniqlash va takomillashtirish jarayonidir. ta'lim va tarbiyaning birligi hamma yerda, maktabda jismoniy tarbiya darsidan tortib va yuksak darajali sportchilarni mashqlar bajarishlarigacha kuzatiladi. U sport musobaqalari davomida ham kuzatiladi. ta'lim, tarbiya va rivojlantirishning psixologik jihatlari shu tariqa jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining muhim bo'limlaridan biri hisoblanadi. Qo'llanma doirasida bu masalalardan bazilari o'rganiladi. harakatlanish harakatlariga o'rgatishning psixologik masalalari Bazi umumiy masalalar. Harakatlanish harakatlariga. Jismoniy mashqlar texnikasiga o'rgatish psixologik nuqtai nazardan - ularni yodlab olingan harakatlar darajasigacha yani ko'nikmalar darajasigacha hissiy-ratsional bilib olish va amaliy egallash jarayonidir. Bu pedagog yoki murabbiy hamda o'quchilarning o'zlari boshqaradigan yaxlit jarayondir. Ammo unda birinchi o'ringa o'quvchilarning faolliklari va mustaqilliklari qo'yiladi. Ularning har biri bu jarayonda faqat oyuekt sifatida emas, balki birinchi navbatda o'qish subyekti sifatida ishtirok etadi, chunki harakatlanish amallarini, mashqlar texnikasini egallab olish - demak ularni boshqarishga, fazo, vaqt sarflanadigan kuch kattaligi ko'rsatkichlari bo'yicha boshqarishga o'rganib olishdir. Hatto umuman olganda harakatlanish amallariga o'rgatish ularni o'zi boshqarishga o'rgatishdan iborat bo'ladi degan nuqtai nazar ham mavjud. U harakatlarni boshqarish haqidagi fan - kineziologiya fanida rivojlantiriladi. Albatta harakatlanish amallariga o'rgatish ularni o'quvchilarning o'zlari boshqarishlariga o'rgatish ham demakdir. Harakatlanish amaliga va harakatlanish faoliyatini mustaqil boshqarishga o'rgatishni jismoniy tarbiya va sportda o'qitishning majburiy tomoni deb hisoblash zarur. Shu yerda hozirgi paytda uni mehnat harakatlariga ishlab chiqarishda o'rgatishda ham ko'zda tutilishini aytib o'tish kerak (V.V.Chebisheva). ammo o'qitish shu bilan yakunlanmaydi. O'qitish har doim odamni tarbiyalash, uning shaxsini shakllantirish, uning psixik, psixomotor va jismoniy xususiyatlarini va sifatlarini rivojlantirishni ko'zda tutadi. O'qitish jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilardan har biri o'zini takomillashtirish maqsadida o'zini anglab etishini talab etadi. Bularning hammasi juda muhim, chunki shunday yo'l bilan faqat aniq bir sport, gimnastik, sport o'yinlari emas, balki boshqa har qanday faoliyat sohasida boshqa har qanday harakatlanish amallarini egallab olishga imkon yaratiladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish mashg'ulotlari jarayonida to'plangan harakatlanish tajribasi ijobiy ko'chirish qonunlari bo'yicha, ekstrapolyatsiya qonunlari bo'yicha odamdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.14 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.14 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga