Ta'lim vositalari

Ta'lim vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim vositalari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim vositalari Reja: O'qituvchi uchun vositalar. O'quv materialini vizual namoyish qilishning vositasi Tarqatmali materiallar va ulardan foydalanish. Innovatsion pedagogika ta'lim vositalari - ta'lim-tarbiya jarayoni sifati samaradorligini oshirish ko'p jihatdan ta'lim vositalari bilan qay darajada taminldanganligiga bog'liq bo'ladi. ta'lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalarga ta'lim vositalari deyiladi. ta'lim vositalari uchga bo'linadi: aniq, texnik va chop etilgan o'quv materiallari . Aniq ta'lim vositalarga o'qitishda qo'llaniladigan barcha aniq vositalar, xususan: mashina, taraktor, jihoz, dastgoh, tayyor mahsulotlar va hakozalar kiradi. Texnik vositalarga proyektor, kino apparat, o'quv televideniyasi, vediomagnitafon, kompyuter vediofilmlar, multimedia va boshqalar kiradi. Bundan tashqarii sinf doskasi, doska-stend, doska-bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. Chop etilgan o'quv materiallariga barcha chop etilgan o'quv va ko'rgazmali materiallar kiradi. Jumladan, darslik, o'quv qo'llanmalari, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalari, ma'ruza matnlari, jadvallar, yo'l-yo'riq xaritalari, topshiriq kartochlari va boshqalar. 1. O'qituvchi uchun vositalar: o'quv predmetini o'qitish metodikasi bo'yicha qo'llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo'yicha metodik tavsiyalar, o'qituvchilar tomonadan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiiqiy struktura va boshqalar. 2. O'quvchi uchun vosita: darslik, o'quv qo'llanma yoki o'qituvchining ma'ruza matnlari, jadvallar, yo'l-yo'riq xaritalari, topshiriq kartochkalari va boshqalar. 3. Dars o'tish uchun vosita: plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya Amaliy ishlarini o'tkazish uchun jihozlar, diafilm va boshqalar. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to'ldirishi yani uyg'unlashuvi kerak. Chop etilgan o'quv materiallari ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashi va ularning faollashuviga ko'maklashadi. Shuningdek, o'qituvchi uchun yuqorida keltirilgan ta'lim vositalarini dars o'tish jarayonida to'g'ri tanlashi muhim ahamiyatga egadir. Sinf doskasi - o'quv materialini vizual namoyish qilishning an'anaviy va qulay vositasidir. Undan o'quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashdi yoki biror narsani tez yozish lozim bo'lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqarii sinf doskasi ta'lim muassasasining har bir o'quv xonasida mavjud. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o'chirishga to'g'ri keladi, avval yozilganlarni qayta ko'rsatish imkoni bo'lmaydi. Bundan tashqario'qituvchi doskaga yozayotganida tahsil oluvchilarga teskari holatda bo'lib, uni eshitish qiyin bo'ladi. Doska-stend - mashg'ulotlarda o'quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o'qitishning texnik vositasidir. Bunda, stendga o'sha kattalikdagi qog'oz qo'yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg'ulot davomida stenda mazkur kartochkalar yordamida ilovalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Uning afzalligi shundaki, kartochka (ilova, tuzilma, sharh) lar joylashuvini xohlagan vaqtda o'zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, doska-stend bilan ishlaganda qisqa vaqt davomida barcha tahsil oluvchilarning fikr-mulohazalari va g'oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo'linadi. Kodoskop (grafoproyektor) - shaffof plyonkadagi tasvir (slayd) niekranga proyeksiyalash uchun qo'llaniladigan jihoz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 223.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 223.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga