Ta'limda innovatsion jarayonlar Reja: 1.Innovasiya va uning ta'lim jarayonidagi ahamiyati. 2. Innovasion faoliyatga asosiy tavsiflar. 1. So'nggi yillarda pedagogika nazariyasiga boshqa sohalardan bir qator yangi tushunchalar kirib keldi. Bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqada ekanligidan dalolat beradi. Tushunchalarning aksariyati texnika va iqtisod sohalaridan kirib kelgan bo'lib, aynan shu sohalar insoniyat fikrining rivojlanishiga asos bo'lmoqda. Bugungi kunda ta'limning iqtisodiyligi va takomillashganligi, o'qituvchi va o'rgatuvchi texnika va texnologiyalar, ta'lim iqtisodi, o'qitishni kompyuterlashtirish haqida turli-tuman fikrlar bildirilmoqda. Innovasiya - yangilik so'zining qachon paydo bo'lganligi aniq bo'lmasada, bu tushuncha umumiy fanlarga, tabiiy fanlardan kirib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Bunday yangiliklarning aksariyati qishloq ho'jaligi, ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida joriy etilardi. Pedagogik termin sifatida esa innovasiya tushunchasi, yangi tushunchalardan biri bo'lib, unga turli ta'riflar va fikrlar bildirilmoqda. Innovasiya jamiyat paydo bo'lishidan boshlab o'zgarib kelmoqda. Ba'zi pedagoglar innovasiya so'zini tor ma'noda ta'limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari unga kengroq tushuncha bermoqda. Ta'lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarni, islohot, o'qitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirmoqdalar. Innovasiyaga - yangilikka pedagogik tushuncha sifatida berilgan ta'riflarga to'xtalamiz. Fransuz olimi E.Bransuik pedagogik yangilikning uch turini ko'rsatadi: yangilik sifatida butunlay yangi, ilgari mavjud bo'lmagan g'oya va harakatlar yuzaga keladi.; ko'pchilik yangiliklar ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir muhitda g'oya va harakatlarni moslashtirishni, kengaytirishni yoki o'zgartirishni talab etadi; pedagogik yangiliklar vaziyatga qarab sodir bo'ladi. Bu yangiliklar o'zgaruvchan talablar orqali qayta qo'yilgan maqsad asosida ilgari mavjud harakatlarni jonlantiradi va g'oyalarning samaradorligi ta'minlaydi. Amerikalik Bil va Bolenlar pedagogik yangiliklarni faqatgina materialdagi o'zgarishlarni o'z ichiga olgan yangilik emas, balki qarashlar va qo'llanishdagi kompleks yangilik sifatida ta'riflaydilar. Bunda o'zgarishlar va komples o'zgarishlarga ta'rif berilgan. Nayxof yangiliklarni jarayon sifatida ta'riflab: Bu jarayon qandaydir g'oyadan boshlanadi va uning o'zgarishiga ta'sir qiladi, iste'molchilarning qabul qilishi yoki inkor qilishi bilan yakunlanadi, deb e'tirof etadi. Markllund yangilik va o'zgarishlar orasidagi farq haqida quyidagicha tushuncha beradi: Yangilik tushunchasi maktabda va ta'lim jarayonida o'zgarish so'zi bilan o'xshash holda qo'llaniladi. Agar bu o'zgarish maktab tizimini qamrab olsa, uni islohot deb qabul qilinadi. Ammo har qanday o'zgarishni ham yangilik deb qabul qilib bo'lmaydi. Yangilik oldindan qo'yilgan maqsadga erishishni ta'minlashi lozim. Yangilik har doim bir yoki bir necha sifatli mezonlarni hosil qiladi. Umumiy ensiklopediyada yangilik tushunchasi yangi, yangilanish, yangilik - texnik va texnologik kashfiyotlar va yutuqlarning amaliyotga joriy etilishi sifatida ta'riflanadi. Maxsus va pedagogik adabiyotlarda innovasiya ushbu muammo bilan shug'ullanuvchi mualliflar tomonidan turlicha ta'riflanadi. O'zbekistonlik olim pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo'jaeva innovasiya so'ziga ta'rif berib quyidagilarni e'tirof etadi : Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Yangilik kiritish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:08 ]
Arxiv ichida: doc