Ta'limda ishlab chiqarish, ta'lim metodlari

Ta'limda ishlab chiqarish, ta'lim metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limda ishlab chiqarish, ta'lim metodlari - rasmi

Material tavsifi

ta'limda ishlab chiqarish ta'lim metodlari 1. Ishlab chiqarish ta'limi metodlari haqida umumiy tushunchalar. 2. Og'zaki metodlar. 3. Ko'rgazmali metodlar. 4. Amaliy metodlar. 5. Tajriba - amaliy ishlar. 6. ta'lim metodlarini tanlash. Reja: Ishlab chiqarish ta'limi metodlari haqida umumiy tushunchalar ta'lim metodi deganda o'qituvchi (ishlab chiqarish ta'limi ustasi) va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyat yo'llari tushuniladi. Bularning yordamida o'quvchilar bilim, malaka-ko'nikma, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, ularda dunyoqarash hamda xulq odatlari tarbiyalanadi, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobilyat rivojlanadi. Metodlar metodik usullar deb ataluvchi alohida elementlarga bo'linadi. Masalan, o'quvchilarga yo'riqnoma berishda ish harakatini ko'rsatish metodi quyidagilarni o'z ichiga oladi: harakatni ish jarayonida sekinlashtirib va elementar harakatlarga bo'lib ko'rsatish. Og'zaki metodlar Og'zaki metodlarga: o'quv materialini o'qituvchi yoki ishlab chiqarish ta'limi ustasi tomonidan og'zaki bayon qilinishiga - hikoya tushuntirish, ma'ruza, suhbat; o'quvchilarning texnika adabiyoti bilan mustaqil ishlashi, yozma yo'riqnoma berish, ovoz yozuvi, televideniye kabilar kiradi. Materialni og'zaki bayon qilish. Ishlab chiqarish ta'limida hikoya qilish, tushuntirish, ma'ruza, suhbat o'quv materialini og'zaki bayon qilishning asosiy metodlari hisoblanadi. Hikoya ishlab chiqarish ta'limi ustasi tomonidan o'quv materialini tartibli, mantiqan izchil, nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta o'ylangan reja asosida tuzilishi materialni bayon qilishda noaniqlikka yo'l qo'ymaslik uchun barcha detallari bilan tayyorlanishi lozim. Yo'riqnoma paytida odatda hikoya plakat, diagramma ishlab chiqish materiallarida namunalar, moslama kabilarni namoyish qilish orqali olib boriladi. Ko'rgazmali metodlar Ko'rgazmali metodlar - bu ko'rsatmali qurollarni namoyish qilish (ko'rsatish); mehnat usullarini ko'rsatish; o'quvchilarning mustaqil kuzatishlari; o'quv-ishlab chiqarish ekskursiyalari (2-rasm). Ko'rsatmali qurollarni namoyish qilish (ko'rsatish) metodi yordamida o'quvchilarda mehnat harakatlarining muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o'z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodni qo'llanilishi ishlab chiqarish ta'limida ko'rgazmalilik tamoyilini yaqqol namunasi bo'lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta'limida ko'pincha ko'rsatish uchun natural obyektlar qo'llaniladi. Tasviriy qo'llanmalardan operatsiyalar, asboblar yoki texnik qurilmalarning eng muhim elementlarini yirik rejada ko'rsatish zarur bo'lganda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bir vaqtda foydalaniladigan ko'rgazmali qurollar miqdorini qatiy chegaralash kerak, aks holda ularning har birini idrok qilish sifati pasayib ketadi. Ishlab chiqarish ta'limi ustasi ko'rsatish jarayonida o'quvchilarga nimani ko'rsatishini malum qiladi; o'zining har bir xatti harakatini tushuntiradi; har bir harakatning vazifasini qayd qiladi; ko'rsatishni tegishli plakatlar va boshqa ko'rsatmali qurollar namoyish qilib ko'rsatib boradi. Ko'rsatiladigan ko'pchilik usullar avval ishlab chiqarish ta'limi ustasi tomonidan sekinlashtirilgan suratda bajarilishi kerak. Bu o'quvchilarga usullarning qaysi mehnat harakatlaridan iborat ekaligini anglashiga, ularni bajarish yo'llarini eslab qolishiga yordam beradi. Shu maqsadda mehnat jarayonini pauzalar yordamida alohida usul va bajarish bosqichlariga bo'lish maqsadga muvofiq. Usul detallarini ko'rsatish uchun bazan faqat qandaydir tugallangan bosqichlardagina emas, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 698.96 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 698.96 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga