QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO'LIMI BIOLOGIYA (BOTANIKA) mutaxassisLIGI 1-KURS MAGISTRANTI ASADOVA muhabbatNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN TA'LIMDA O'YINLI TEXNOLOGIYALAR MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Ta'limda o'yinli texnologiyalar REJA: O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosiy talablari. O'yinlarning muhim qirralari. Pedagogik o'yinlar va ularning yo'nalishlari Rolli o'yinlar va ularni o'tkazilish tartibi. Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: O'yin faoliyati orqali shaxsning o'qishga, mehnatga qiziqishi ortadi; O'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; Shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini nomoyon etishiga imkon yaratiladi; Hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo'ljalni to'g'ri ola bilish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; O'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq - atvorni egallash, kamchilarga barham berish imkoniyati yaratiladi; Shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; O'quvchilar (talabalar) ning bilim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi. O'yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o'zida ham rivojlanish ham o'rganish hisoblanadi. O'yinlarni tashkil etish maqsadlari quyidagilardir: ta'limiy (didaktik) maqsad; Rivojlan-tiruvchi maqsad; Tarbiya-viy maqsad; O'yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: a) o'yinning syujeti; b) muayyan rollar, vazifalar; v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar(usullar); g) aniq o'yinlar yoki shartli ravishdadagi o'yin vositalaridan foydalanish; d) o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat, muloqot. Ijodiy o'yinlar O'quvchi(talaba)larning ijodiy izlanishi; Mantiqiy fikrlashini rivojlantirish. Qo'shimcha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlar o'yini Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirish; O'quvchi(talaba)larning muayyan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish; Kasbiy sifatlarini tarkib toptirish Kasbga yo'llash; Ilmiy dunyoqarashini kengaytirish kabilarga mo'ljallangan didaktik o'yinlardir. Rolli o'yinlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir: O'rgimchak to'ri o'yini O'tilgan mavzu yuzasidan O'rgimchak to'ri usulidan foydalaniladi. O'quvchilarni 2 guruhga bo'lib olinadi: wisers va intelligents. Savollar tuzilishida tabaqalashtirilgan o'quvchilarni (past, o'rtacha va yuqori o'zlashtiruvchi) hisobga olgan holda sodda, o'rtacha va murakkab savollar tuzilishi ahamiyatli bo'lib, shu bilan birga past va yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilarni faollashtiriladi. Bu usulda doskaga yoki qog'ozga o'rgimchak to'ri chiziladi, to'rlar orasidagi kataklarga savol raqamlari qo'yib chiqiladi. Savollar ekranga chiqariladi va guruhlarga qog'oz variantda beriladi. Qaysi guruh o'rgimchak to'ri kataklardagi savollarga tez va to'g'ri javob yozishsa o'sha guruh g'olib hisoblanib ularga rag'bat kartochkalari beriladi. Aralash-quralash usuli Bu topshiriqda Aralash-quralash usulidan foydalaniladi. O'quvchilarni 3 ta guruhga ajratib olinadi (masalan, brilliant, diamond, silver). Topshiriqqa oid 1-slaydda o'tilgan mavzulardagi rasmlar ko'rsatiladi, har bir guruhga 1 tadan rasm tanlash imkoniyati beriladi va tanlagan rasmlari guruhlarga qog'oz variantda beriladi. 2-slaydda bu rasmlarga tegishli so'zlar aralashmasi paydo bo'ladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:08 ]
Arxiv ichida: ppt