ta'limiy (nazorat) bayon yozish (amaliy mashg'ulot) O'zbek tili darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Reja: O'zbek tili ta'limida sinfdan tashqari tadbirlarning ahamiyati. Sinfdan tashqari tadbirlarning mazmuni, turlari. To'garaklar. Jamiyat taraqqiyotining qayta qurish davrida umumta'lim maktablari oldida turgan ulkan va eng muhim vazifalardan biri o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini, ijodkorligini o'stirish orqali ularga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish hamda bilimlarini amalda qo'llash ko'nikmasini, malakasini hosil qilishdan iborat. Chunki yosh avlodni barkamol inson darajasiga etkazishda o'qituvchi ham ota-ona kabi masuldir. o'zbek tili ta'limining bosh maqsadi - og'zaki va yozma nutq ko'nikmasini shakllantirish, to'gri va teran fikrlash, o'z fikrlarini ixcham, tushunarli, jo'yali bayon qilish masalasini tarkib toptirishdan iborat. Bu borada o'quvchi tafakkurining shakllanishi, erkin fikrlashi, yozma va og'zaki nutqining ravonligi bevosita jamiyatning ma'naviy sog'lomligi, o'quvchi yashayotgan muhitga, ko'p jihatdan adabiyot va san'atning ahvoli bilan boglanadi. Modomiki shunday ekan, o'zbek tili mashg'ulotlarida o'qituvchi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini shakllantirishni o'zining bosh yo'nalishi qilib belgilamogi lozim. o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishning dastlabki qadami ularning so'z zahirasini oshirishdan boshlanadi. Yetarli so'z zahirasiga ega bo'lgan shaxsgina ularni to'gri va o'rinli qo'llab gap tuza oladi. o'quvchilarning lugat zahirasini oshirish, og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, boyitishda o'zbek tilidan sinfdan tashqari tadbirlar, mashg'ulotlarning ahamiyati kattadir. Darsdan tashqari mashg'ulotlar davomida acociy darslarga qo'shimcha holda butun sinf bilan o'quvchilarni qiziqtirgan: - yozuvchilar hayoti va ijodiy faoliyati kengroq o'rganiladi; - adabiy asarlar matni mufassalroq o'zlashtiriladi va g'oyaviy-badiiy qimmati to'laroq tahlil qilinadi; - adabiy o'yinlar, ijodiy musobaqalar, kitobxonlar konferensiyalari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, qiziqarli davra suhbatlari uyushtiriladi, yozuvchi-shoirlarning uy-muzeylariga, ular tugilib o'sgan shahar (qishloq), tahsil olgan joylarga sayohat qilinadi, birgalashib televizion ko'rsatuvlar, videofilmlar tomosha qilinadi, o'rganilgan kitoblar bo'yicha kichik sahna asarlari tayyorlanadi va ijro etiladi. Ayrim yozuvchilar hayoti va ijodiy faoliyatini kengroq o'rganish ikki xil yo'nalishda bo'lishi mumkin: 1. Sinfda o'rganilgan ayrim yozuvchilar hayoti va ijodiy faoliyati bilan chuqurroq tanishish. 2. Dasturda nazarda tutilmagan, ammo ijodi o'quvchilarni qiziqtiradigan yozuvchilar, xususan, yosh ijodkorlar hayoti va faoliyatini o'rganish. Malumki, dastur asosida yozuvchilar hayoti va ijodi o'zlashtirilar ekan, o'quvchilar ulardan bazilari faoliyati bilan mufassalroq tanishish istagini izhor qiladilar. Ana shunday holatlarda o'qituvchi darsdan tashqari vaqtda bu istakni bajo keltirishni uyushtiradi. Darsda ijodi o'rganilmaydigan yozuvchilar hayoti va faoliyati bilan tanishish 5-6-sinflarda o'qituvchi suhbati, yosh ijodkor bilan uchrashuv tarzida, 7-9-sinflarda esa o'qituvchi rahbarligida o'sha yozuvchi asarlarini mustaqil o'rganib, u haqdagi suhbatda ishtirok etish, uy-muzeylarga borish tarzida yoki uchrashuv ko'rinishida amalga oshiriladi. Sinfda xohishi yoki ustoz tavsiyasiga ko'ra u yoki bu adabiy asarni to'laroq o'rganish ishi ham 5-6-sinflarda o'qituvchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.14 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.14 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:08 ]
Arxiv ichida: doc