Ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari

Ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari MUNDARIJA Ishning umumiy tavsifi KIRISH 1-BOB. O'quv lug'atchiligi va uning tarixiy ildizlari 1-§. O'zbek lug'atchiligi tarixi va talqini 2-§. Jahon tilshunosligida o'quv lug'ati terminining paydo bo'lishi 3-§. Ideografik lug'atlar va ularning ona tili ta'limida tutgan o'rni 2-BOB. Ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari 1-§. Ona tilidan ta'lim mazmunini yangilanishi va unda lug'atlarning o'rni. Ta'limiy lug'atlarga ehtiyojning paydo bo'lishi 2-§. Maktab lug'atlarining tavsifiy belgilari 3-§. O'quv lug'atlarining ilmiy-uslubiy asoslari va asosiy turlari 4-§. O'quv lug'ati uchun material tanlash 5-§. Maktab lug'atini yaratish tamoyillari (o'zbek tilida yaratilgan o'quv lug'atlari misolida) 6-§. Maktabda grammatik lug'atlar bilan ishlash mashg'ulotlarini tashkil qilish Xulosa va takliflar…… Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. «O'quv lug'atchiligi» tarmog'i jahonning ilg'or davlatlarida o'rta asrlardayoq paydo bo'lib, turli yoshdagi ta'lim oluvchilarga mo'ljallangan sanoqsiz lug'atlar yaratilganligiga qaramay, O'zbekistonda bu masala hozirga qadar tilshunoslikda ham, ta'limda ham kun tartibiga qo'yilmagan. Globallashuv davrida yosh avlodni ma'naviy barkamol, umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi ta'limiy lug'atlarga bo'lgan ehtiyojni oshirmoqda. Yalpi axborotlashuv, texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydi. O'quvchi kerakli ma'lumotni tez va qulay topish yo'llarini izlaydi, o'quv lug'atlari uning yoshi, qiziqishlari, dunyoqarashiga mos tuzilib, e'tiborini torta oladi. Malakaviy ish mavzusining ta'limiy lug'atlar va ularni yaratish tamoyillariga bag'ishlanganligi uning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. O'quv lug'ati tarixini o'rganish harakatlari Yevropatilshunosligida ham, rus tilshunosligida ham umumiy lug'atchilik masalalarini o'rganishdan ikki-uch asr keyin boshlangan. O'quv lug'atlarini ilmiy asosda o'rganish XVII asrda birinchi ingliz leksikografi S.Jonson, XIX asr boshlarida fransuz tilshunoslari J.Dyubua, K.Dyubua, G.Matore, K.Bak, ispan tilshunosligida Y.Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik rus tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog'ini takomillashtirish davlat ahamiyatidagi masala sifatida kun tartibiga qo'yiladi. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o'laroq rus o'quv lug'atchiligi yuqori pog'onaga ko'tariladi va ulkan yutuqlarni qo'lga kiritadi. Bunda P.N.Denisov, L.A.Novikov, S.G.Barxudarov, V.V.Morkovkin, Y.N.Karaulov, M.A.Skopina, V.N.Sergeyev, V.A.Redkin, A.V.Tekuchev, Z.A. Potixa, D.E.Rozental kabilarning xizmatlari katta bo'ladi. Yevropada o'quv lug'atchiligi o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga to'la erishib, bugungi kunda o'quv lug'atlarini zamonaviy takomillashgan ko'rinishlarini yaratish, ularni elektronlashtirish masalalari bilan shug'ullanmoqda. Bu borada K.Petrova, I.V.Azarova, O.A. Mitrofanova, A.A. Sinopalnikova, I.G. Gelfenbeyn, A.V. Goncharuk, V.P. Lexelt, A.A. Lipatov, V.V. Shilo, Y.N.Karaulov, Y.A. Sorokin, Y.F.Tarasov, N.V.Ufimseva, G.A.Cherkasova va boshqalarning xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. Boshqa tillarda bo'lgani kabi umumiy lug'atchilik masalalari o'zbek tilshunosligida ham Z.M.Ma'rufov, A.P.Hojiyev, S.F.Akobirov, H.Yusufxo'jayeva, N.Alhamova, E.Umarov, A.Madvaliyev, T.Aliqulovlarning ishlarida atroflicha o'rganilgan. Biroq bevosita o'quv lug'atchiligi masalalari hozirga qadar maxsus tadqiq etilmagan. BMIning maqsad va vazifalari. Malakaviy ishda o'quv lug'atchiligining shakllanishi, rivojlanish tarixini o'rganish, jahon o'quv lug'atchiligi an'analariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.27 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.27 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga