Ta'limni individuallashtirish Reja: Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o'ziga xosliklari. Balog'at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari. Tayanch iboralar: tarbiya, tarbiyaning asosiy turlari, shaxsning rivojlanishi, konflekt, tarbiyaga ta'sir etuvchi omillar, irsiyat, muhit, ta'lim-tarbiya, shaxsning o'z faolligi, oila tarbiyasi Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya - shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta'sirlar majmui. Tarbiya ta'lim bilan uzviy bog'liq. Ta'lim tarbiyaning muhim vositasi bo'lib, ko'p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san'at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o'tmishning moddiy va ma'naviy boyliklariga vorislik ta'minlanadi: o'sib kelayotgan yosh avlod o'tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol oynaydi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o'zlashtirishdan iborat bo'lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va oyinlarni o'tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U avvalo o'sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo'lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o'rtasida mehant taqsimot o'g'il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi. Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo'la bordi. Ekspluatatorlar sinfi unda o'z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar. Quldorlik davrida badavlat kishilar o'sha davrdagi turli o'quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta'lim olgan. Qullar va ularning bolalari og'ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan. Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi. Xususan O'rta Osiyoda saroy ahillari, zadogonlar bolalarini tarbiyalash uchun maxsus murabbiylar tayinlab qoyilgan. Kambag'allarning bolalari asosan uyda keyinroq ustaga shogird tushib tarbiyalanganlar. Feadalizm davrida diniy tarbiya asosiy tarbiya hisoblangan. Ko'pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog'i yaratilgan bo'lib, ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar tomonidan planli va sistematik ravishda olib boriladi. Maktab yoshigacha bo'lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol oynaydi. O'quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o'rin egallaydi. Bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi. Internat maktablarda, liseylarda, kasb-ho'nar kollejlarda, mehribonlik uylarida, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham katta tarbiyaviy amallar ishga oshiriladi. Yoshlarning axloqi va dunyoqarashining shakllanishida oliy o'quv yurtlarida ham muhim rol oynaydi. Katta yoshlilar tarbiyasi ishlab chiqarish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:08 ]
Arxiv ichida: doc