Ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari

Ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari - rasmi

Material tavsifi

ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari Reja: 1) Pedagogik texnologiyalarni o'qitish (ta'lim) jarayoniga kirib kelishi; 2) «ta'lim texnologiyasi» nazariyasining rivojlanish bosqichlari; 3)«Pedagogik texnologiya» tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi qarashlar 4) «pedagogik texnologiya»ning markaziy muammosi. Tayanch so'zlar: texnologiya, texnologik jarayon, ta'lim texnologiyasi, pedagogik texnologiya. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak surati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g'oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta'minladi. Xizmat ko'rsatish sohalarining paydo bo'lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o'z navbatida ularni qisqa muddatda va sifatli kondirilishini tamin etuvchi faoliyatning yulga kuyilishini takozo etdi. Ijtimoiy zarurat maxsuli bo'lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oraligida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo'jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv an'anasi yuzaga keldi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan (sunggi bosqich) davrni o'z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida etirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffakiyatini ta'minlash, erishilgan yutuklarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo'ladi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg'or texnologiyalarni qo'llash shartlaridan biri - malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligidan xam anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi urin tutgan g'oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o'z ta'sirini o'tkazsa, o'z navbatida, iqtisodiy o'sish aholining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi. Insoniyat sivilizatsiyasining kuyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo'naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bulsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o'ta katiy hamda murakkab talablar kuyilmokda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini tulakonli anglash imkoniyatiga ega, favkulodda ruy beruvchi vaziyatlar xam yuzaga kelgan muammolarni ijobiy xal eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj ta'lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni takozo etmokda. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmokda va keng kulamni kamrab olmokda. Axborotlarni tezkor suratda kabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o'quvchiga yetkazib berishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.99 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.99 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga