ta'limni tashxis etish Reja: 1. ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari 2. ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar. 3. o'quvchilar bilimini tashxis etishning mohiyati o'quvchilar bilimini tashxis etishning mohiyati1. ta'lim tashxisi moxyaiti haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida kabul kilamiz. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. ta'lim tashxisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta'lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta'lim olganlikni tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida xam karaladi. Didaktik tashxisning maqsadi o'quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog'liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. yuqoridagilardan malum buladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengrok va chuqurrok mano kasb etadi. ta'limni baholash yoki tekshirish fakat natijalarni kayd etadi, birok ularning kelib chiqishini izoxlamaydi. Tashxis natijalarini ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta'lim samarasini taminlovchi jarayon va bosqichlarni aniklaydi: o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha kadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun xam baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida kizgin munozaralar davom etmokda. Avval bo'lgani kabi pedagoglar baho nimani kayd etishi lozimligini aniklashga urinmokdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning: ta'lim oluvchining uzlashtirish darajasini katiy belgilovchi - sifat ko'rsatkichi, yoki; u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini kursatuvchi ko'rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur. ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy xam takidlab utgan edi. U pedagoglarni uzlari ega bo'lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chakirgan. ta'lim oluvchilarga nisbatan nazoratning obyektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. Olimlarning takidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bulmasligi lozim, Didaktik nazorat ta'limning o'ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo'lishi o'z-o'zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur va foydali bo'lishi lozim. ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o'qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. o'quvchilarning o'quv mehnatini ragbatlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch tuplab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho ragbatlantirish vositasi sifatida bir kator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) kullanishi mumkin bo'lgan tashxislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga kumaklashadi, bu esa rakobatli ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. ta'lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.61 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.61 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:09 ]
Arxiv ichida: doc