Ta'limning fanga yo'naltirilgan texnologiyasi Reja To'liq o'zlashtirish texnologiyasining asosiy tavsifi. Ta'limning mazkur texnologiyasining ketma-ketlik qoidasi. Texnologiya tushunchasining vujudga kelishi. Texnik tushuncha takomillashishi, xorijiy mamlakatlarda pedagogik texnologiya. I.Mustaqil Respublika sharoitida xalq ta'limi o'ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechirmoqda. Bu o'ziga xoslik eng avvalo ta'lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya'ni o'zimizning juda boy o'tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o'z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo'lgan milliy urf-odatlarimiz asossida jamiyatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni o'qitish baxtiga muyassar bo'ldik. Mana shu sharoitda xammamizdan juda katta ko'tarinkilik bilan jamityaimizning yosh avlodni yuksak vatanparvarlik,xalqparvarlik, milliy g'urur ruhida tarbiyalashimizni taqazo qiladi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o'zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangi uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqazo qiladi. Bu masalalarni esa yangi pedagogik texnologiya asosida amalga oshirish mumkin. Kadarlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish uchun davlat ta'lim standartlari asosidagi uzluksiz ta'lim tizimini tubdan isloh qilish yo'lid keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ta'limning insoniyligi milliy mustaqillik prinsiplariga, xalqimizning boy ma'naviy va intelektual merosi, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash ruhiga alohida e'tibor berilayotir. Milliy dasturning strategik maqsadlariga erishi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari ,yangi o'quv reja va dasturlari, o'quv-metodik majmualar, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini qo'llashning o'rni, ahamiyati kattadir. Pedagogik texnologiya ta'lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir: -ta'lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida tashabbuskorlik va yangilikka bo'lgan qiziqishni orttirish; -ta'lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish; -izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantirish, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish; -nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda harakatdagi ta'lim tizimiga joriy etish, to'plangan yangilik va tajribalarni doimiy xaraktadagi umumta'lim tizimi rjimiga singdirish. Shu bois mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimini tatbiq etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o'quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo'llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchillik bilan tadbiq etish zarur. Pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta'lim tizimining asosiy pedagogik usullari an'anaviy ta'lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, ta'lim tizimining texnologik asosda jadal rivojlanib borganligi uchun o'quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o'qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:09 ]
Arxiv ichida: doc