Ta'limning keys - texnologiyasiga kirish - keyslarni ishlab chiqish qoidalari

Ta'limning keys - texnologiyasiga kirish - keyslarni ishlab chiqish qoidalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limning keys - texnologiyasiga kirish - keyslarni ishlab chiqish qoidalari - rasmi

Material tavsifi

1 ta'limning keys -texnologiyasiga kirish: keyslarni ishlab chiqish qoidalari Toshkent DAVLAT IQTISODIYoT UNIVYeRSITYeTI Innovatsion ta'lim texnologiyalari markazi Asosiy tushunchalar Keys‑stadi (inglizcha sase - to'plam, aniq vaziyat, stadi -ta'lim) - keysda bayon qilingan va ta'lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo'naltiradigan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta'lim uslubidir. Keys-stadi - ta'lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo'yilgan ta'lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o'quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta'minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo'lgan ta'lim texnologiyasidir 2 Keys: tarixiy ma'lumot U ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo'llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o'qituvchilari yuristlarning o'qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta'limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o'qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. 3 Keys-stadining maktablari 4 Keyslar tipologiyasi 5 Keyslar tipologiyasi (davomi) 6 4. Keysning pedagogik pasporti 1) pedagogik annotatsiya 3) talabaga uslubiy ko'rsatmalar 4) o'qituvchi - keysologning keysni hal etish varianti 5) o'qitishning keys-texnologiyasi 2) keys 7 8 1. PYeDAGOGIK ANNOTATSIYA 4. Keysning pedagogik pasporti 9 Misol KYeYS «DESK INVEST»: sotish bozorini kengaytirish uchun marketing strategiyasining tanlanishi» (lavha) F.M. Nazarova, TDIU PYeDAGOGIK ANNOTATSIYA O'quv predmeti: «xalqaro marketing». Mavzu: «Marketing strategiyasi». ta'limiy maqsad: korxona imkoniyatlarini tahlil etish va baholash qobiliyatini, sotish bozorini kengaytirish bo'yicha marketing strategiyasini tanlash va ishlab chiqish malakalarini rivojlantirish. Talabalar ushbu keysni muvaffaqiyatli hal etish uchun marketing strategiyalarining mavjud turlari, ularning xarakterli xususiyatlari va ular qo'llaniladigan shart-sharoitlar, marketing strategiyalarini tanlash va ishlab chiqishga nisbatan mavjud yondashuvlar haqidagi bilimlarga ega bo'lishlari lozim. Rejalashtiriladigan o'quv natijalari: - korxona imkoniyatlarini tahlil etish va baholash qobiliyatini rivojlantirish; - korxonada marketing strategiyasini tanlash va ishlab chiqish malakalarini orttirish; - mustaqil tarzda qaror qabul qilish malakalarini egallash. 10 PYeDAGOGIK ANNOTATSIYA (davomi) Ushbu keys real institutsional tizim faoliyatini aks ettiradi. Keys obyekti - mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «DESK-INVEST» O'zbekiston-Avstriya qo'shma korxonasi. Axborot manbalari: - mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «DESK-INVEST» O'zbekiston-Avstriya qo'shma korxonasi Ustavi; - «DESK-INVEST» korxonasining biznes-rejasi; - «DESK-INVEST» korxonasining 2005-2006 yillardagi ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari haqidagi yillik hisobot. Keysning o'ziga xos belgilariga ko'ra tavsifnomasi: Keys hayotiy, syujetsiz keyslar kategoriyasiga kiradi va statistik materiallar asosida tuziladi. Keys qisqa, tuzilmalangan. Bu keys-topshiriqdir. Keys didaktik maqsadlariga ko'ra vaziyat subyektini rivojlantirishning yangi strategiyalari va yo'llarini ishlab chiqishga rag'batlantiradigan keyslar toifasiga kiradi. Keys elektron versiyada taqdim etilgan. Keysdan quyidagi o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.53 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga