Ta'limning mazmuni

Ta'limning mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limning mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Ta'limning mazmuni Reja: Ta'lim mazmunini belgilo'vchi omillar. Maktabning o'quv rajasi va unga qo'yiladigan talablar. O'quv dasturi va darsliklar. Ta'limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta'limning mazmuni deganda, o'quvchilarni o'qish jarayonida egallab olishi lozim bo'lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko'nikmalarni aniq doirasi tushuniladi. Ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: ijtimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzimni xususiyatlari. davlatning xalq ta'limi va muayyan turdagi o'quv yurt oldiga qo'yadigan maqsad hamda vazifalari; o'qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o'quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlar va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar. Ta'lim mazmuni o'quv rejasi, dasturi va darsliklarida ifodalangan. 2. O'QUV REJASI O'quv rejasi - davlat hujjatidir. Oquv rejasi - barcha umumta'lim maktablarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo'yicha o'rganilishi kerak bo'lgan o'quv fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Maktabning yagona o'quv rejasi xalq ta'limi tomonidan tasdiqlanadi. O'quv rejasi deb, o'qitiladigan fanlar, o'qitish uchun ajratilgan soatlari ko'rsatilgan bo'ladi. O'quv rejasi tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi. Oquv rejasi o'quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni hayotda qo'llay olishga o'rgatish. Maktablarning birligi o'z qoidalariga asoslanadi. (ya'ni: boshlang'ich maktab -1-4 sinflar, to'liqsiz maktab-5-9 sinflar, umumiy ta'lim maktabining 10-11 sinflarining o'zaro bog'liqligi). To'liqsiz va o'rta maktablarda o'quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi. O'quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi sinfda o'qitilishi, ajratilgan soati, bollarning yosh va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, og'ir-yengilligi, didaktik-ahamiyati ham e'tiborga olinadi. O'quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta'limning ilmiyligi g'oyaviylik hamda O'zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonning tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san'at va jismoniy tarbiya, sog'lom avlodning ma'naviy qiyofasi asosiy o'rinni egallaydi. O'quv rejasida tabiiy fanlar- tabiiy jo'g'rofiya, biologiya, fizika, astronomiya, ximiya, matemateka va infarmatika markaziy o'rinni egallaydi. Ishtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, ingliz tili, rus tili va boshqa chet el tillari, badiiy va san'at asoslari- adabiyot, tasviriy san'at, musiqa va ashula; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda hamma sinflarda mehnat ta'limini o'qitish uchun soatlar ajratiladi. Bulardan tashqari, o'quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, infarmatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo'yicha ham o'quvchilarni qiziqishi, hohishlarini qoniqtirish, qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida o'tkaziladigan fakultatuv mashg'ulotlar ko'rsatilgan bo'1adi. 3.Oquv dasturi va darslik. Har bir o'quv fani uchun o'quv dasuri tuziladi. O'quv dasuri o'quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O'quv dasturi har bir oquv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.06 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.06 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga