Ta'limning uslubiy prinsiplari

Ta'limning uslubiy prinsiplari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limning uslubiy prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

ta'limning uslubiy prinsiplari RYeJA: 1.ta'lim jarayonida onglilik va faollilik 2.ta'lim jarayonida ko'razmalilik prinsipi 3.Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi 4.Munatazamlilik uslubiy prinsipida 5.Takroriylik va variatsiyalash shaklini o'zgartirib qo'llash prinsipi 6.Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi 7.Uslubiy prinsiplarning o'zaro aloqasi Jismoniy tarbiya nazariyasida amal kilinadigan «jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog'liqligi», «jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirishga yo'naltirilganligi», shaxsni har tomonlama rivojlantirish» prinsiplaridan tashqari ta'lim jarayonining uslubiy prinsiplaridan ham mavjud. Tarbiya jarayonidagi barcha tamoillar jismoniy tarbiya uchun qo'llanilishi mumkin, lekin inson tarbiyasining bu yo'nalishining xususiyligi o'qitishning prinsiplariga alohida mazmun va talablar qo'yadi. Inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari esa fikrimizning dalilidir. 'Onglilik va faollilik (aktivlik), Ko'rgazmalilik, Munatazamlilik, «Kuchiga yara shali k va individuallashtirish», Talablarni asta-sekinlik bilan oshirishdek uslubiy prinsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina o'qitish jarayonida kutilgan muvoffaqiyatlarga erishish mumkin. 1. ta'lim jarayonida onglilik va faollilik O'qitishga ongli munosabat va unda shug'ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta'limidagi onglilik va faollilik prinsipi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqali harakatlarni o'zlashtirishni katiyyan koralaydi va birinchilardan bo'lib harakatlarni taqqoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va harakat faoliyatlarini egallash g'oyasini ilgari surdi. U jismoniy mashq bilan shug'ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko'rsatkichlarini oshiradi, - degan qo'pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko'rsatdi. Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo'llash mashg'ulotni umumiy vazifalariga qizikish uyg'otish va fikrlashni shakllantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini hayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida, ta'limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. o'qitishning boshlang'ich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, mazmuni (qomatining chiroyli bo'lishi, kuchining ortishi va h.klar) mashg'ulotlardagi hayotiy-amaliy holallar orqali, jismoniy madaniyat va sport mashg'ulotlarida shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifatarni hal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo'llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik prinsipining o'zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug'ullashnish mashg'ulotlariga odatning shakllanishi susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishni turmush tarziga aylanishiga to'skinlik qiladi. Bundan tashqari, shug'ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, maktab fizkultura dasturining nazariy kismini o'rganishlari, metodik va hujjatli filmlar ko'rishlari, o'z-o'zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, aktiv, passiv dam, bajara olish, harakat malakasi, oliy harakat tartibi, malakaning ijobiy va salbiy ko'chishi atamalari mohiyatini tushunishlariga lozim. O'zlashtirilishi, mustahkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo'lgan, harakat faoliyatini nima uchun aynan o'qituvchisi yoki murabbiy ko'rsatganidek bajarish shart ekanligi o'quvchi ongiga etkazilishi majburiyati yuzaga keladi. Mashqlangan barmoklar (voleybolchiniki) turmushda barmoqlarning nozik harakatlarini talab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.64 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.64 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga