Ta'limning zamonaviy metodlari va vositalari

Ta'limning zamonaviy metodlari va vositalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'limning zamonaviy metodlari va vositalari - rasmi

Material tavsifi

Ta'limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari Metod - yunoncha atama bo'lib, aynan nimagadir yo'l ma'nosini anglatadi. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda Ta'lim metodi tushunchasiga xilma-xil ta'riflar berilgan bo'lib, biz quyida bir nechasini keltiramiz: ta'lim metodi - zamonaviy darajada o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagogik va o'quvchilarning o'zaro bog'liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagazinskiy); ta'lim metodi - maqsadga erishish usullari (Filosofiya lug'ati); ta'lim metodlari - o'quv jarayonining murakkab tarkibiy komponenti bo'lib, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha yo'nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o'rtasida ko'p sonli aloqa va bog'lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Xukina); ta'lim metodlari deganda o'qituvchining o'rgatuvchanligi va o'quvchilarning o'quv materialini egallashga yo'naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o'quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushiniladi (I.F.Xarlamov); ta'lim metodi belgilangan maqsadga erishishni ta'minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir (P.I.Podlasviy); ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo'nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotda o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi (I.YA.Lerner). Yuqoridagi qarashlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkin: ta'lim metodlari ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmuidir. Ta'lim metodlari bir necha funktsiyalarni o'zida qamraydi. Bu funktsiyalar ta'lim metodini qo'llash jarayonida yaxlit holda qo'llaniladi, chunki ular o'zaro singib ketgan holda bir butunlikni tashkil etadi. Motivatsiyali ta'lim metodi - Motivatsiya - bu shaxs hatti-harakatini yuzaga keltiruvchi ichki harakatlantiruvchi kuch, hissiyot bo'lib, pedagog uni boshqarashga harakat qiladi va o'quv jarayonini tashkil etish hisobga olinadi. Uni amalda vujudga keltirish uchun o'qituvchi o'rganilayotgan faoliyat tajribalaridan taassurotli dalillarni maxsus yig'ishi va o'quvchi (talaba) larga o'qitilayotgan fanning asosiy holatlari bo'yicha bilimlar asosida noqulay vaziyatlardan chiqib ketish yo'llarini namoyon qilish kerak. Ta'limiy ta'lim metodi - O'quv materiallarining mazmunini bilish, ya'ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq qila olishdir. Rivojlantiruvchi ta'lim metodi - Ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat. Tarbiyaviy ta'lim metodi - Fan asoslarini o'zlashtirish orqali uni mazmunida yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o'zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e'tiqodlarini shakllantirishdir. Tashkiliy ta'lim metodi - Pedagogikada o'qitishning tashkiliy shakli deganda o'quvchi (talaba) larga o'qitish jarayonida qo'yilgan tashqi shart-sharoitlar yig'indisi tushiniladi. Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: So'z orqali ifodalanadigan metod. Ko'rgazmali metod. Amaliy metod. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtrish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo'llaniladi: o'qitishning ma'ruza (suhbat) metodi; o'qitishning amaliy ishlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga