Ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini nazorat qilish boshqaruv mexanizmi sifatida

Ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini nazorat qilish boshqaruv mexanizmi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini nazorat qilish boshqaruv mexanizmi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim-tarbiya jarayonida о'z-о'zini nazorat qilish boshqaruv mexanizmi sifatida Reja: Ta'lim-tarbiya jarayonining komponentlari. О'qituvchiga qо'yiladigan talablar va uning umumlashgan modeli. О'z-о'zini nazorati - ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. О'quv-tarbiya jarayonining komponentlari Ilmiy-pedagogik va pedagogik kadrlar, ta'lim oluvchilar va uni ta'minlash uchun zarur resurslar о'quv-tarbiya jarayonining asosiy komponentlari hisoblanadi. Ilmiy-pedagogik kadrlar (7.01-rasm) yangi g'oya va bilimlarni jonlantiradilar, yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi. Pedagogik kadrlar yangi bilimlarni beradilar va shaxsni tarbiyalaydilar. Ilmiy pedagoglar va pedagog xodimlar mexnati ijtimoiy jarayon talablari va bosqichlariga muvofiq keladigan va zarur bо'lgan aqliy salohiyatni shakllantirishni ta'minlaydi. Ta'lim oluvchilar, ta'lim xizmatini talab etuvchilar sifatida oliy ta'lim (bakalavriat, magistratura)ning barcha bosqichida ma'naviy-axloqiy va kasbiy jixatdan shaxs sifatida shakllantiruvchilardir. Davlat ta'lim standartlari va resurslari vositasida ularning sifatli ta'lim olishi va kasbiy tayyorlanishi kafolatlanadi. 7.01-rasm. О'quv-tarbiya jarayoni komponentlari Ta'lim oluvchilarning vazifasi har tomonlama rivojlangan shaxs bо'lib yetishishlari uchun oliy ta'lim tizimidagi keng imkoniyatlardan foydalanishdan iboratdir. OTM resurslari quydagilardan iborat: -moliyalar (byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan olinadigan); -moddiy texnika bazasi, labaratoriya va amaliy mashg'ulotlar о'tkazish uchun zarur bо'lgan; -kompyuter texnologiyalarining texnikaviy, matematik va programma ta'minoti; -informatsiya bazasi (darsliklar va о'quv qо'llanmalari, kо'rgazma materiallar va jihozlar va h.k.) О'quv-tarbiya jarayonining sanab о'tilgan komponentlari kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. Ularning sifati va raqobatbardoshligi ayrim olingan xar bir komponentning va umumiy zaminning rivojlanganlik darajasiga bog'liqdir. Shunga kо'ra quyidagi savol yuzaga keladi: о'quv-tarbiya jarayoni komponentlariga qanday talablar qо'yilishi kerak? Bu savolga javobni Kadrlar tayyorlash bо'yicha milliy dasturidan topish mumkin. О'qituvchilarga qо'yiladigan talablar va uning umumlashgan modeli О'qituvchi - ta'lim miqiyosida rahbar, u fanlarni о'rganishda yо'nalishlarni kо'rsatadi va ta'lim oluvchilarni tarbiyalaydi. Kadrlar tayyorlash bо'yicha milliy dastur maqsad va vazifalarni xal etish birinchi galda quyidagi talablarni qо'yadi: -oliy ta'lim tizimidagi о'qituvchilar, ilmiy kadrlar, xodimlar, kasbiy-malakaviy, madaniy-ta'limiy, iqtisodiy va huquqiy darajasini oshirish; -davlat va ijtimoiy muxofazasini takomillashtirish, shuningdek tarbiyachi, О'qituvchi va ilmiy xodim kasbi obrо'sini kо'tarish. Uzluksiz ta'lim tizimini islox qilish muammolari hakida sо'zlab, О'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «О'qituvchilar va tarbiyachilarning turmush ehtiyojlarini ta'minlashimiz, kasblari obrо'sini kо'tarish uchun ular mehnatini rag'batlantirishimiz lozim». Yana davom etib: «… uni (mazkur muammoni) xal etmay kelajak avlod tarbiyasi haqida gapirish xech qanday ma'no kasb etmaydi». О'qituvchi mehnatining ustivorligi uch «nuqtaga tayanadi»: -birinchisi - о'qituvchining malakasi, madaniy va ma'naviy darajasi; -ikkinchisi - ta'lim oluvchilar savodliligi va kasbiy malakasi uchun о'qituvchilarning ma'naviy javobgarligi; -uchinchisi - moddiy va ijtimoiy ta'minot, kelgusi avlodni garmonik rivojlanishga tayyorlashda о'qituvchi mehnatining ahamiyati, malakali kadrlar tayyorlash orqali iqtisodiyotni kо'tarishdagi о'rni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mujassam talablar qо'yiladi, bular zamonaviy о'qituvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.68 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.68 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga