Ta'lim-tarbiya jarayonining psixologik asoslari

Ta'lim-tarbiya jarayonining psixologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim-tarbiya jarayonining psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim-tarbiya jarayonining psixologik asoslari Reja : Didaktika tushunchasi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Ta'lim prinsiplari. Mustaqillik davrida ta'lim nazariyasining muammolari. Ta'lim jarayonining qonuniyatlari. Ta'lim jarayoniga psixologik yondashuv. Ta'limni harakatlantiruvchi kuchlar va ta'lim jarayonida qarama-qarshiliklar. Didaktika fanining predmeti va vazifalari Didaktika - ta'lim nazariyasi to'g'risidagi fan. Ta'lim jarayonini tasavvur qilar ekanmiz, doimo ko'z o'ngimizga ikki kishi - o'qituvchi va o'quvchi keladi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar fan cho'qqilarini egallaydilar: o'qish - yozishga topshiriqlar, masalalar yechishga o'tadilar, mavzu bo'yicha xulosalar qilishga, o'z fikrlarini asoslab berish, taqqoslashni o'rganadilar. O'qitish jarayonining samarali bo'lishi ham o'quvchilarga faollik, hamfikrlikni talab qiladi. Xususan bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining kengayishini, hayotimizga komp'yuter, internet tarmoqlarining kirib kelishi o'qituvchidan juda katta mehnatni talab qiladi. Bugungi o'qituvchi o'z fanini chuqur bilishi bilan bir qatorda o'qitishni zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil qila olishi darkor. Demak, o'qitish-bilimlar, malakalar, ko'nikmalar hosil qilish va o'zlashtirish jarayonidir. O'qitishning asosiy vazifasi - yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirishdir. Yoshlarga bilim berishda nimalarni asos qilib olish nimaga va qanday o'rgatish yo'llarini pedagogikaning didaktika qismi o'rganadi. Didaktika grekcha so'z bo'lib, «Didayko» - o'qitish, «Didasko» - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan bo'lib, ta'lim nazariyasi degan ma'noni anglatadi. Qaysi fan bo'lishidan qat'iy nazar didaktika umumiy qonuniyatlarini hisobga olgan holda o'tiladi, chunki u har bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: ta'lim prinsiplari, ta'lim mazmuni, metodlari, o'qitishning tashkiliy shakllari, o'qish, o'qitish. Ta'lim prinsiplari: Ta'lim qoidalari o'qituvchining o'z faoliyatini rejalashtirish va talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini egallashlarida rioya qilishlari kerak bo'lgan asosiy qoida va yo'l - yo'riqlarni o'z ichiga oladi. So'nggi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta'lim qoidalarini ko'rsatib o'tish mumkin. 1. Ta'limning ilmiy bo'lish qoidasi. 2. Ta'limning tizimli va izchil bo'lish qoidasi. 3. Ta'limning tarbiyalovchilik xarakteri. 4. Ta'limda nazariyaning amaliyot bilan bog'liqlik qoidasi. 5. Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. 6. Ta'limda ko'rsatmalilik qoidasi. 7. Ta'lim jarayonida har qaysi o'quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi. 8. Ta'limda ilmiy bilim va ko'nikma, malakalarni puxta, mustahkam o'zlashtirish qoidasi 9. Ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi. Ta'lim mazmuni: O'quv rejasi - davlat hujjatidir. O'quv rejasi - barcha o'quv yurtlarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan davlat hujjatidir. Unda kurslar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Kasb - hunar kollejining yagona o'quv rejasi O'zbekiston Respublikasi O va O'MTV tomonidan tasdiqlanadi. O'quv rejasi deb, o'qitiladigan fanlar, o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yiilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.11 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.11 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga