Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari

Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari Reja: 1. Ta'lim shakllarining tarixan paydo bo'lishi. 2. Dars - ta'limning asosiy shakli. 3. Darsning xillari va tuzilishi. 4. Darsga ko'yilgan asosiy talablar. 5. Ta'limning samaradorligini ta'minlovchi boshqa shakllari. Ta'limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda o'qituvchining o'quvchilar bilan olib boradigan mashg'ulot turlarini tushunamiz. hozirgi kunda, umumta'lim maktablarida ta'limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarkalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta'limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo'lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta'lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy boglangan hamda bilim berish, o'rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr o'tishi bilan ko'pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo'ladi. Ta'lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh-guruh qilib, to'plab o'qitishni takozo kilgan hamda ta'lim bilan shugullanuvchi mutaxassislar, o'qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chikargan. Shu davrga kelib o'qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo'la boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo bo'la boshlaydi. xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo'lgan kishilar murabbiy, o'qituvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi. xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shugullanganligi Avesto va boshqa tarixiy manbalardan ma'lum. Ammo kadim davrlarda ta'limni kat'iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta'lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalalariga aniklik kiritilmagan edi. Ta'limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning Fan va aql zakovat asarida o'quv fanlarini guruhlarga bo'lib o'qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e'tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta'lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. YA.A.Komenskiy Buyuk didaktika asarida, o'quv mashg'ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o'quv yili va o'quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg'ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo'lishiga alohida e'tibor berdi. Dars davomida o'quvchilar diqqatini to'plash, materialni batafsil tushuntirish, o'quvchiga savollar berish, o'zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta'kidlaydi. Bu tarixiy jarayonda Pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri ta'limning tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniqsa, darsni samaradorligini oshirish bilan bog'liq ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib borishda ko'p ishlar kilindi. Bu borada mustaqil O'zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish bilan bog'liq ishlar kilinmokda. Sinf deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilar guruhi tushuniladi. Dars - aniq maqsadni ko'zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotdir. Darsning maqsadi, mazmuni, xajmi ta'lim standartlari (o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.1 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.1 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga