Tana zaboni - rasmi

Material tavsifi

Tana zaboni Reja: Tana zaboni . Tana zabonining yetti doirasi: tashqi ko'rinish; vaqt; ijtimoiy ahvol; yaqinlikni ko'rsatuvchi alomatlar; tana harakatlari; shaxsiy makon; ovoz. Shaxsiy makon tarkibiy qismlari. Tana zabonini to'g'ri anglamaslik oqibatlari. Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo'llash borasidagi asosiy tamoyillar. Odamlarning tana zabonini anglash bo'yicha tarjimalar. Tana zaboni. Inson kundalik hayotida juda katta informatsiya ichida yashaydi, katta informatsion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informatsion ma'lumotlarni atrofga tarqatadi ham. Informatsiyalarni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informatsion ma'lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma'lum hatti-harakatlari, ya'ni mimikasi, kiyinishi, qo'l harakatlari, qosh ko'zi, ovozi, ko'z qarashlari, nigohi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar sizga uzoqdagi tanishingiz Bu yoqqa kel! deb baqirib, ammo qo'l harakatlarini teskari tomon ket! shaklida qilsa, siz nima qilishni bilmay, esankirab qolasiz. Chunki kel axborotiga doir qo'l harakatlari bilan, ket axborotiga doir qo'l harakatlari boshqa-boshqadir, ular qarama-qarshidir. YA'ni, kel bilan ket ma'lumotini o'zida jamlagan qo'l ҳаракатлари маълум бир информацияни ифода этади. Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo'ladigan tabiiy muloqotimizda ularda jamlangan ma'lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo'lgan axborotimizga mutanosib ravishda mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko'p e'tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba'zan xuddi ana shu tana harakatlari orqali siz to'g'ringizdagi eng ochiq aytilgan va haqiqiy bo'lgan axborotni qabul qiladi hamda o'z xulosalarini chiqaradi. Shu bois, siz birovdan hafa bo'lsangiz, o'z nutqingizda hurmatli so'zlarni aytayotgan bo'lsangiz ham, boshqa inson ko'pincha vaziyat samimiy emasligi, orada nimadir bo'lganligini sizning tana harakatlaringiz (sovuq ovozingiz, ko'z qarashlaringiz, qo'l uchida so'rashishingiz) orqali bilib, sezib turadi. Siz qarshingizda turgan odam tomonidan o'zingizning ichki xissiyotlaringiz aynan va bevosita anglanishini istamaysiz, chunki aynan mana shu daqiqalarda siz mazkur odamga nisbatan yomon xissiyotlar ichida yashamoqdasiz. Biroq, siz o'z xissiyotlaringizni yashirishingiz lozim. Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to'rida bo'lgan sizning munosabatingizni o'z tana zaboni orqali bilintirib qo'yadi. Chunki informatsiya faqat so'z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi. Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi. Informatsiyani uzatishda biz ko'pincha e'tibor bermaydigan xuddi ana shu noan'anaviy usul - tana zaboni hisoblanadi. Shunday qilib, tana zaboni nima? Tana zaboni ilmiy, aniq, lo'nda tushuncha bo'lmay, balki tanamiz harakati oqibatida berilayotgan, uzatilayotgan signallar majmuidan iborat, biz bu signallarni ataylab, yoki o'zimiz bilmagan holda atrofdagilarga ma'lum qilamiz. Tana zaboni - sizning qanday yurishingiz, turishingiz, qanday ovozda so'zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 110.52 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 110.52 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga