Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari

Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari TARBIYa JARAYoNI MOHIYaTI VA MAZMUNI. TARBIYa TAMOYILLARI Tarbiya nazariyasining mohiyati 1. Tarbiya jarayonining mazmuni 2. Tarbiya jarayonining umumiy mohiyati 3.Tarbiya qonuniyatlari Reja: Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda xalq ta'limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog'liq. Tarbiya jarayonining mazmuni Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo faloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil Respublikada ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya jarayonining umumiy mohiyati Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda: a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg'otish; b) o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish; v) umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hoka'zolar)ning mohiyatini anglash, o'quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish; g) o'quvchilarda huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg'usi, ijtimoiy burchga masullikni qaror toptirish; d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 264.68 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 264.68 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga