Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari

Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari Reja: Tarbiya jarayonining mohiyati va qonuniyati. Tarbiya jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar. Tarbiya prinsiplari va ularga tavsif. Tarbiya metodlari va ularning guruhlanishi. Tarbiya metodlarini optimal tanlash yo'llari. 1. Yuksak madaniyatli mutaxassisni ma'naviy - axloqiy tarbiyalash milliy tarbiyaning bosh maqsadi. Bu maqsad jamiyatning alohida bir olingan ehtiyojlarni aks ettirishini, uning moxlyatini, ideal talablarini, o'ziga xosligi va fazilatlarini, hayotga munosabatini, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik rivojlanishini nazariy asoslaydi va umumlashtiradi. u Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki axloq va munosabatlarni aks ettirishidir. Milliy pedagogika o'qituvchi, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko'rsatishi emas, balki tarbiyachilarning aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro ta'sir ko'rsatishi ekanligini takidlaydi. Zero, tarbiya mukammal shaxsni quvvatini, qobiliyatlarini, mafkuraviy, ma'naviy -madaniy sifatlarini, ongi va axloqini shakllantirishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, xarakter xislatlari, g'oyaviy - axloqiy, irodaviy, estetik, sifatlari shallanadi, olamga, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy, aqliy, kuchlar mustahkamlanadi, harakat sifatlari va ko'nikmalari rivojlanadi. Xar tomonlama garmonik rivojlangan barkamol inson tarbiyasi uchun imkon yaratiladi. Tabiat yoki jamiyatdagi xar qanday murakkab hodisa obyektiv ravishda mavjud bo'ladigan aloqalar kuzatiladi. Bu aloqalar qonuniyat deb ataladi. Bu qonuniyat tarbiya jarayonida xam mavjud bo'lib, u birinchi tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog'liq. 2. Tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta'siri ular faoliyati, munosabatlarini, shaxsning turli kirralarini muntazam va reja asosida maqsadga muvofik tashkil qilishni nazarda tutadi. Tarbiyachilar bshtan tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy roli bir xil emas. Tarbiyachi uchun tarbiyalanuvchi xar vaqt tarbiyaviy zo'r berishi obyekti hisoblanadi. Birok tarbiyalanuvchi xar vaqt tarbiyachi bilan ongli ravishda o'zaro munosabatda bo'lishi talab kilinadi va bu talab amalga oshishi jarayonida tarbiyalanuvchida ijtimoiy shaxsiy sifatlar tarkib topa boradi. Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarni rivojlantiruvchi (shaxsni rivojlantirish, tarbiyalovchining tarbiya maqsadlarini amalga oshirish) va tashkilotchilik (faoliyat va munosabatlarini maqsadga muvofik tashkil etish) vazifalari ularning asosiy vazifapari sifatida ajratib ko'rsatiladi. Xar qanday tarbiyalanuvchi turli tarbiyalovchi ta'sirlardan turlicha ta'sirlanadi. Shu bois tarbiyachi - pedagog o'z tarbiyalanuvchilarining individual xususiyatlari va tarbiya prinsiplari (tapab, qoida, asos) ni hisobga olishlari zarur. 3. Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning yo'nalishi, mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga ko'yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan dastlabki qoidalardir. Ular: 1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy hayot bilan boglab olib borish prinsipi. 2.mehnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida tarbiyalash prinsipi. Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash prinsipi. 4.Tarbiyada o'quvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlariga bardosh berish prinsipi. 5.Tarbiyada o'quvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi. 6.o'quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.16 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.16 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga