Tarbiya jarayoni va uning usullari ANNOTATSIYA Tarbiya jarayoni va tarbiya usullari mavzusidagi taqdimot tarbiya jarayoni mohiyati va vazifalarini yoshlarga singdirish, shuningdek tarbiya jarayoninng jamiyat taraqqiyotidagi o'rnini kengroq yoritib berish taqdimotda batafsil yondoshilgan. MAVZU: TARBIYA JARAYONI VA UNING USULLARI. REJA: 1.TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA VAZIFALARI 2.TARBIYA JARAYONINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI. 3.TARBIYA USULLARI VA PRINSIPLARI. 4.TARBIYA JARAYONIDA O'QITUVCHILIK FAOLIYATINING XUSUSIYATI. MAVZU: TARBIYA JARAYONI VA UNING USULLARI. Tarbiyametodlari(usullari)-o'qituvchi-tarbiyachining o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari,ularga ijobiy xulq-atvor ko'nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to'g'ri tashkil etish yo'llaridir.Aniqrog'i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning onggi va irodasiga ta'sir etish yo'llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. Ajdodlarimiz davr sinovidan o'tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalgam oshirish usul va vositalarini yaratganlar,shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar.Bolalarda insoniy his-tuyg'ularni tarbiyalashning asosi kishilarga mehr-muhabbat qo'yish,izzat-hurmat bilan muomala qilish,insoniy huquqlarni himoya qilish,qadrlash, kishilar oldidagi o'z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy,halol va rostgo'y bo'lish kabi odob va axloq qoidalarini o'z ichiga oladi. O'zbek xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlaridan yana biri folklor materiallarida xalq pedagogikasida qo'llaniladigan tarbiya yo'llari,usuli va vositalarining yoritilishidir. Mehnatkash xalq ommasi uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va vositalaridan foydalangan.Chunonchi,tushuntirish,odatlantirish(o'rgatish,mashq qildirish),bolalarning kundalik hayot rejimi,ibrat(namuna,o'rnak) ko'rsatish,maslahat berish,o'git-nasihat,undash,ko'ndirish,iltimos qilish, yolborish,tilak-istak bildirish,maqullash, maqtash,rahmat aytish,duo qilish,oq yo'l tilash,taqiq qilish,ma'n etish,ta'na,gina qilish, qoralash,Ollohdan qo'rqishga undash,tanbeh berish,uzr so'rash, majbur qilish,mazax qilish,zaharhandalik,ayblash,uyaltirish,koyish,qo'rqitish,nafrat bildirish,aybiga iqror qildirish,ont-qasam ichtirish,urish-kaltaklash,jamoa hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo'l kelganligi ta'kidlanadi. Shu bilan birga, bolalar yashab turgan muhitdagi yashash tarzi ular tarbiyasiga katta ta'sir o'tkazgan.Jumladan, mehnat jarayoni,turli shakldagi hasharlar,bolalar o'yini,to'y marosimlari-aqiqa,beshik to'yi,sunnat to'yi,nikoh to'yi,sayllar-dala sayli,gul sayli,qovun sayli,tug'ilgan kunni nishonlash,yigit bazmi, istirohat bog'larida bo'lish,ommaviy yig'in hamda tomoshalarga qatnashish va hoka'zolar tarbiyaviy vosita sifatida xizmat qilib kelgan. Tarbiya jarayonida eng mihim o'rin egallovchi joy - bu allbatta o'quv yurtidir. Ayni vaqtda tarbiya mazmunining ko'p qirraliligi va kengligi tufayli tarbiya usullari ham xilma-xil bo'lib, muayyan sharoitda ulardan qaysi birini tanlash va qo'llash o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasida vujudga kelgan munosabatlarga bog'liq. O'qituvchi qo'llayotgan usul va vositalar ta'sirida bolaning ongida va xulqida ham o'z shaxsini o'zgartirish istagi vujudga keladi.Bola o'zini-o'zi tarbiyalamasa, aql-farosatini ishga solmasa tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.Har bir bola o'zining xulq-atvoriga talabchan bo'lishi va o'zida eng yaxshi insoniy fazilatlarning tarkib topishi uchun astoydil tirishmog'I lozim.O'zini-o'zi tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo'lmog'i va uzluksiz davom etmog'I zarur.Chunki haqiqiy tarbiya bolani o'z kuchi ,layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga undaydi,uning ideallarini, shaxsiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: pptx