Tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya turlari

Tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya turlari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya turlari Reja: Keng va tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi Tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari Tarbiya turlari: maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari Keng va tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi. Tayanch iboralar: keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi, tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi, tarbiya jarayoni, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy jarayon, maqsadga qaratilgan tarbiya. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o'rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va Xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog'liq. Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy - ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya jarayoni yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirshga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Turli makon va zamonda tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo'lsa-da, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi A.Avloniy shunday deydi: Al-Hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot, yo haloqat yo saodat, yo faloqat masalasidir3. Ushbu fikrlardan xulosa chiqarsak, Shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy, milliy ilmdir. Zero, har bir Xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borildi. Islohotlarning asosiy g'oyasi Respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo'li deb e'tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. O'z oldiga fuqarolik jamiyatini qurishni vazifa qilib qo'ygan bugungi jamiyatimiz yoshlardan ongli tafakkur, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tarbiya asosida shakllanib takomillashishlarini talab qiladi. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'o'risida gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi Barkamol avlod - O'zbekiston tarqqiyotining poydevori, O'zbekiston XXI asrga intilmoqda nomli asarlarida mustaqil Respublikada ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - Shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan ikki faoliyatni-o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.19 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.19 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga